Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab
Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.
Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo`lganlari tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o`zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug`ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug`ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g`oyat xilma - xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali u muqarrar javob berishi lozim bo`ladiki, ko`pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti bo`yicha saqlanib qoladi. SHu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta`siri ostida hosil bo`lgan o`zgarishlarning qotishmasi - fenotip xarakterdir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo`lib qolgan xususiyatlarining, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv - fiziologik asosidir. Xarakterning nerv - fiziologik asosini tushunish uchun I.P. Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta`limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo`lish bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o`z burchiga sadoqatli bo`lishlarini o`z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir: psixologiya xarakterning mazmunini tashqil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Xarakter tipologiyasi
Xarakter tipologiyasi
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko`rilgan. Nemis psixologi va psixiatri e.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.SHeldon, e.Fromm, K. Leongard va A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etildi. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g`oyalarga muvofiq tarzda tashqil etilgan:1. Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida juda erta namoyon bo`la boshlaydi va butun hayoti davomida barqaror bo`lib boradi.
2. Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushma emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir - biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.
3. Mazkur tipologiyaga ko`ra, ko`pchilik kishilarni ma`lum guruhlarga birlashtirish mumkin.
E. Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitutsiyasiga ko`ra, eng ko`p uchraydigan uchta tipni ajratib ko`rsatgan (astenik, atletik, piknik).Ularning har birini shaxsning ma`lum xarakter tiplari bilan bog`langan bo`lsa ham aslida hech qanday ilmiy asoslar bo`lmagan.
1. Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo`lmagan gavda tuzilishi urtacha yoki undan balandroq bo`yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi noziq, elkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2. Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o`rtachadan yuqori, baland bo`yli, keng elkali, kuchli ko`krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
3. Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
E. Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruxiy kasalliklar o`rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi.
E. Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo`lsa ham kamchiliklarga ega. Ba`zi ilmiy tadqiqotlar ma`lum tana tuzilishiga ega kishilar ruxiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.