Urganch davlat unversiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Shomurotova Oydinoyning maqolalar to‘plami



Yüklə 87,98 Kb.
səhifə11/16
tarix21.10.2023
ölçüsü87,98 Kb.
#158512
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Maqola uzb22

Foydalangan adabiyotlar:
1.Zebinso Axmedova Bola va taymenejment Toshkent 2019
2.R.Mavlonova.N .Raxmonqulova.Pedogogika nazaryasi tarix .Toshkent 2010. Nodira.
3.Egambirdiyeva Ijtimoiy Psixologiya.
4.G .Solihova.G'.Niyozmetova.Oila psixologiyasi.
5.Toshkent 2008.Karimov.I.A.Buyuk kelajagimizning huquqiy kafoloti.Toshkent.1993. 27-28 bet.

Urganch Davlat Unversiteti Tarix fakulteti 202-guruh talabasi Shomurotova Oydinoy.
Tarbiya qalbning oltin gavhari inson uning so' nmas zebu zari.
Kishidagi fazilat go' yo farzand kabidir uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim.Xar bir odam o' zini o' zi tarbiya qilishga o' rganishi kerak insonning ulug'ligi o'zini idora va tarbiya qilish kuchiga ega bo'lishi bilan belgilanadi.Abdulla Avloniy yozgan ekanlar :bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq tanani pok tutmoq yosh vaqtidan maslakni tuzatmak yaxshi xulqlarni o'rgatmoq yomon xulqlardan saqlab o'stirmakdir.Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki tabib xastaning badanidagi kasalga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudiga singdirmog' lozim. Lekin xulqimizning yaxshi bo'lishining asosiy panjasi tarbiyadir.Xar bir millatning saodati davlatning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tajribasiga bog'liqdir.Farzand tarbiyasiga ota ona masul maktab esa ko'makchi vazifasini bajaradi xolos.Chunki farzandingiz oilada olgan tarbiyasiga qarab ota onasiga rohat yoki jazo keltirishni hamma biladi.Kishidagi fazilat farzand kabidir uni asrab avaylash lozim.Xar bir inson o' zini o'zi tarbiya qilish uchun avvalo ko' zguga boqishi darkor.Ko' zguda inson o'z aksini ko'radi.Abu Xurayra Raziollohu rivoyat qilgan ekan hadisi sharfning ma'no tarjimasida o'qiymiz : Rasulloh Sallalohu Alayhi Vassalam marhamat qiladilarki: xar bir mo' min Banda o' z birodarlarining ko' zgusidir.U birodarida bir aybni ko'rsa o'zida ko' rgan aybni tuzatishga darrov xarakat qilishi kerak.Xar bir birodarimizda xasad va chaqimchilik illatini ko'rib turibmizmi uni tarbiya qilishdan avvalo biz o' zimizdagi illatini tuzatishga kirishmog' imiz kerak.Xayot imtixon ekanligini va imtixon bor joyda javobgarlik, va masulyat Burj bo'ladi inson anashu ma'sulyat bilan dunyoga keladi.Barchamiz zimmamizga omonat yuklatilgan imtixonda turgan insonlarmiz.Biz farzandlaringiz taqdiri uchun xujayralarning eng olis nuqtasigacha vujudining xar bir zarrasiga qadar javobgar bo'lgan kishilarmiz.Go' zal xulq va tarbiyali onamning xislatlari, yaxshi fel atvori farzandlarda namoyon bo' ladi.Ular ham onalarning go' zal xislatlariga ega bo' ladilar tarbiyaning asoslari nimadan iborat ekanligi xususida fikrlashib olsak : insonni inson ekanligi va inson bo'lishiga bois tarbiyadir va tarbiya 3 narsaga ehtiyoj sezadi:istedodga ,ilmga va mashqqa.Xazrat Navoiy debdurkim: qobilyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlikdir. Noqobil odamga esa tarbiya xayfdir tarbiyangni ayab unisini nobud etma, bunisiga tarbiyangni zoye qilma.Qobilyatli kishiga berilgab tarbiya gavxar kabi qimmatlidir.Bosh aql va ilmga to' lib toshsa ham axloqni sira unutmaslik kerak: inson o' zidagi Ma'naviy jihstlarni, vijdon va nafsni tarbiyalashi,extirosni boshqara olishi, xunuk odatlarni tark etishi, ilmiy yutuqlarni insoniyat foydasiga yo' naltirishi kerak.Yo' qsa u to' g' ri yo' ldan ozishi mumkin.Tarbiyachilik, nasihatgo'ylik ma' sulyatdir.Chunki bu vazifa. Alloh Yolo tomonidan buyurilgandir.Xalqimiz shunday maqolni bekorga aytib o'tmagan albatta: olim bo'lish oson odam bo' lish qiyin demagan.Adabni tarbiyani olgandan so' ng kishi xaqiqiy komil inson darajasiga yetishib mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo' lsam:tarbiya bu inson tabiyatining butun qobilyatlarini o' zida munosib gavdalantiradigan, kelishgan va chiroyli suratda namoyon qila olishi, insonni har doim xayrli maqsadlar sari yetaklaydigan xaqiqiy xayot maktabida o' zida yaxshi fazilatlarni namoyon etish talabalarga xayot saboqlarini chuqur anglatish jamiyatga foydasi tegadigan,el koriga yaraydigan jonkuyar fidokor yoshlarni tarbiyalash eng muhim ustuvor vazifalarimizdan biridir.Qilayotgan ya'ni bajarayitgan ishlarimiz go' zal ravishda amalga oshishi, imoratlar ham eng go' zal va maftunkor obida bo' lishi kerak.Buning uchun asrlar davomida qad rostlab turishi va o' Sha biz qurgan obidalarimiz buzulib va xarob bo'lmasligi mangu va go'zal bo' lishi shart, xullas qo'l urgan har bir ishni go' zal va mukammal qilish eng yuksak darajada sifatli tarzda bajarish muoffaqiyatli ado etish uchun yaxshi tarbiya berilmog'i zarurdir.Mutafakkir olim Abu Nasr Farobiy ta' lim tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga Javob Bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashda iborat.
Prizdentimiz Shavkat Mirziyayev yoshlar tarbiyasiga alohida to' xtalib: bolalarimizni birovlarning qo' Liga berib qo'ymasdan ularni o' zimiz tarbiyalashimiz lozim.Buning uchun yoshlarimiz bilan ko' proq gaplashish ularning qalbimga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko'make bershimiz kerak.Bu vazifani amalga oshirishga biz asrlar mabaynida shakllangan Milliy ananalarimizga ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz.Biz ta'lim tarbiya tizimining barcha bo' g'inlari faolyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o' zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar va g' oyalar bugungi kunda ham muhim ta' lim tarbiyaviy manga sifatida yoshlar ongi va qalbimga ma'naviy ozuqa berib kelmoqda.Tarbiya o'z navbatida oiladan boshlanar ekan biz o'z farzandlarimizni baxti va saodatini , kamolini, iqbolini, buyuk inson bo' lib yetishganligini va hayot abadiyligini , avlodlar davomiyligini ta' minlaydigan ma'naviy qo'rg' on bo' lmish o'z oilamizni mustahkam bo' lishini istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tamonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyaning barcha turlariga etiborni kuchaytirish muhim ahamyati kasb etadi.Ota bobolarimizdan qolgan ma'naviy merosning yosh avlodni har tamonlama yuksalishi tizimdagi o' rni va ro' li o' ziga cod xususiyatga va ko' rinishga ega.Darhaqiqat tarbiyaviy qadriyatlarni o' rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlariga alohida etibor qaratmog'imiz lozim.Sharq mutafakkirlarining asarlarini o'rganish tahlil qilish, ularning ijodi va ta' lim tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai bazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ular o' z asarlarida shaxs ma'naviyati, insondan odob axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish oila, nikoh, farzand tarbiyasi halol mehnat bilan Kun kechirish atrof muhitga oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarini baton qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari sharq mutafakkirlari va allomalari o' z asarlarida insonning bilm olishi, hunar egallashi undagi yuksak ma' naviy axloqiy sifatlarini ulug'laydilar va shunday fazilatlarga ega bo'lishiga barchani chorlaydilar.Ma' naviy yuksak, zamonaviy ilm fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma' naviy merosiga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi Kuch g'oya yoki mafkura aslo o' z ta'siriga tushira olmaydi.Bunday avlodni voyaga yetkazgan xalqning istiqbolni porloq va kelajagi buyukdir.Farzandlarga shunday tarbiya beraylikki, ular o'z ota bobolariga, o'z tarixi, millati, diniga va an' analariga sodiq inson bo'lib kamol topib yurishsin.
Odobli,ilmli mehnatsevar, iymon - e' tiqodli farzand butun bir jamiyatning, ota onamning eng katta boylikdir inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq atvorga yaxshi odatga va aql farosatga ega bo'lgan bo'lsa hayot saboqlarini yaxshi va chuqur anglab yetadi.Ana o'shandagina yaxshi ishlarni amalga oshiradi.Qanchilik hayotiy kamchilik va hayotiy ko'nikmasi o'z bo'lsa u yomon ishlarga qo' l uradi. Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa natijasi shunchalik samarali va oson bo'ladi.

Yüklə 87,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin