Bugungi kunda “ZiyoNET” portalida ma’lumotlar muntazam yangilanib turiladi va har bir ruknlarda ezgulikka boshlovchi ahloqiy mavzular chop etilmoqda. Umuman olganda, inson shaxsini tarbiyalashda ma’naviyat bilan birga ma’rifiy-axloqiy qarashlar ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham axloqiy-ma’rifiy qarashlarni keng jamoatchilik o’rtasida tarqatishda esa bevosita portaldagi materiallardan samarali foydalanish mumkin, tamoyillarga asosan materiallar yoritib kelinmoqda Bular: obyektivlik; aniqlik; tezkorlik; xolislik; interfaollik va boshqalar. Jahon bo’yicha yagona TV yoki bosma nashrlar mavjud emas. Internet esa, ana shu masala yechimini taklif etadi. YuoTube tarmog’i orqali janubiy Koreyalik PSY tahallusi bilan chiqish qilgan repper bir-necha oy ichida dunyoga mashhur bo’ldi. Uning o’ziga xos ijodi namunasini 1mlrddan ortiq odam tomosha qilgan bo’lsa, oxirgi klipi bir kecha-kunduzda 22 mln.dan ortiq foydalanuvchi e’tiborini o’ziga jalb etdi. Ommaviylik shakli bilan bir qatorda ko’lami mezonlariga tayanilsa, internetni ham OAVning muhim ko’riniga aylanib ulgurganini tan olish lozim.
Xulosa qilib aytganda, zamonning o’zgarishiga qaramay yoshlarni shaxs sifatida shakllantirishda milliy qadriyatlar haqida “ZiyoNET” portalida sohaga ixtisoslashgan materiallar yoritilayotgani bejiz emas. Bu esa o’z navbatida yosh mutaxassislar va talabalarning “ZiyoNET” portalidan unumli foydalanishida imkon yaratib beradi.
Grafik ko’rinishdagi axborot bilan ishlash texnologiyasi
Axborot texnologyalari Ma’lumotlarni saqlash, qidirish va saralash texnologiyasi
Sonli hisoblashlar texnologiyasi
Tarmoqli axborot texnologiyalar
Matnli axborot bilan ishlash texnologiyasi
Ma’lumotlarni saqlash, qidirish va saralash texnologiyasi
Ta’lim sohasida axborot texnologiyalari tushunchasi shaxsiy kompyuterlarning keng joriy qilinishidan (o’tgan asr 80-yillarning oxiridan) keyin tez-tez qo’llanila boshlandi. Ta’lim sohasida eng ko’p qo’llanladigan axborot texnologiyalarining klassifikasiyasi quyidagi sxemada tasvirlangan: