Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aqlidrok, insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’riso’zlilik, va’daga vafo qilish to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, fitnachilik va qalloblikka, xudbinlik va munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali falsafiy g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va naqllar bayon etilganki, ular shakshubhasiz, ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga molikdir. - Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aqlidrok, insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’riso’zlilik, va’daga vafo qilish to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, fitnachilik va qalloblikka, xudbinlik va munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali falsafiy g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va naqllar bayon etilganki, ular shakshubhasiz, ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga molikdir.
- Hindistonning eramizdan oldingi birinchi ming yilliklaridagi dastlabki falsafasini o’rganishda qadimgi hindlarning “Veda” deb ataladigan diniy to’plamlari va ikkita katta epik dostoni — “Ramayana” va “Mahobhorat” hamda Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari muhim ahamiyatga egadir.
- Hindistonning “Veda” deb ataladigan muqaddas kitobining “ma’nosi bilmagan narsani bilishdir. Hindlar “Veda” kitobini, oliy tangrining Barohim og’zidan aytilgan so’zi, deydilar”.
- Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. II-Jild.- T.:Fan, 1965.-106-bet.
“Veda” kitobi Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladigan to’rt katta bo’limdan iborat. To’rt bo’limdan har birining o’ziga xos o’qish yo’li bor. Mazkur bo’limlarning har birida muayyan bir falsafiy g’oya ilgari surilgan. - “Veda” kitobi Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladigan to’rt katta bo’limdan iborat. To’rt bo’limdan har birining o’ziga xos o’qish yo’li bor. Mazkur bo’limlarning har birida muayyan bir falsafiy g’oya ilgari surilgan.
- “Veda”da borliq, fazo, vaqt, dunyoning paydo bo’lishi, inson hayotining tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar haqida fikr yuritiladi. “Veda” kitobi yaxshi ishlarga targ’ib qilish, yomon ishlardan qaytarish, amallarning chegarasini aniq ko’rsatib qiziqtirish, yaxshi mukofot va yomon jazolarni bayon qiladi. “Veda” ning ko’p qismi turli duolar va olov uchun qilinadigan turli qurbonliklar ustidagi so’zlardan iboratdir. U qurbonlik turlari sanab bo’lmaydigan darajada ko’p va (qoidalari) qiyindir” .
Dostları ilə paylaş: |