Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



Yüklə 54,22 Kb.
səhifə2/10
tarix15.10.2023
ölçüsü54,22 Kb.
#155984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 mavzu ta\'lim tarbiya

1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda.Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar — nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot;
inklyuziv ta’limva tarbiya — bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon;
maktabgacha bo‘lgan yosh — bolalarning tug‘ilgan paytidan etti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti — ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;

Yüklə 54,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin