5.7.3. Konstruksiyaning holatini dinamik sinovlar natijalariga ko‘ra baholash
Konstruksiyaning holatini dinamik sinovlar natijalariga ko‘ra baholash birinchi
navbatda konstruksiyani sinash bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalarga bog‘liq.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, konstruksichning holatini dinamik sinovlar natijalariga
ko‘ra baholash statik sinov natijalariga ko‘ra baholashdan ancha murakkabdir.
Konstruksiyalarning holatini baholashda asosiy massalardan biri
konstruksiyaning mustahkamligini tekshrish hisoblanadi. Bu masalani hal etish uchun
konstruksiyalarning elementlarida ta’sir qiluvchi kuchlanishlarni aniqlash talab
etiladi, ular statik va dinamik kuchlanishlardir. Bu kuchlanishlar quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi:
σ σ
ασ
=
+
ст
дин
bu yerda:
σ
st
– berilgan yuklanish (uni statik deb hisoblab) ta’siridagi kuchlanish;
σ
din
– inersion kuchlar yuzaga keltirgan kuchlanish;
α – konstruksiya materialining charchash koeffitsiyenti, u metall uchun – 2,
yog‘och va temirbeton uchun – 3 deb qabul qilinadi.
Agar yig‘indi kuchlanish
σ
konstruksiya materialining hisobdagi qarshiligi R
dan ortiq bo‘lmasa, u holda mustahkamlik sharti qoniqtiriladi.
Inshoot va uning elementlarining me’yorida ishlashi uchun mustahkamlik va
bikrlikdan tashqari rezonans yo‘qligi tekshirilishi kerak, buning uchun xususiy va
majburiy tebranishlarning chastotalari aniqlnadi hamda ular o‘zaro taqqoslanadi. Ular
bir-biridan kamida 20% farq qilishi kerak.
188
Agar bu shart bajarilmasa, u holda konstruksiyaning ishlashida mazkur
konstruksiya uchun kritik kuchlanishlardan katta bo‘ladigan kuchlanishlar vujudga
kelishi mumkin. Konstruksiya mustahkamlik shartlarini qanoatlantirmagan yoki
rezonans bergan holda tegishli chora tadbirlarni ko‘rish zarur, ularni – har bir holda
texnik va iqtisodiy samaradorlikka bog‘liq holda tanlab olinadi, xususan: a)
konstruksiya bikrligining o‘zgarishi; b) konstruksiyadagi agregat holatining
o‘zgarishi; v) qurilmaning vibroizolatsiyasi; g) agregat aylanishlari sonining
o‘zgarishi va h.k.
|