Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

UCHINCHI BO‘LIM
MATERIALLAR VA KONSTRUKSIYALARNI BUZMAYDIGAN USULLAR 
BILAN SINASH 
 
 
VI BOB. BETONNI MEXANIK TA’SIR ETUVCHI ASBOBLAR BILAN 
SINASH 
Bevosita konstruksiyalarda betonning mustahkamligini aniqlash uchun 
mexanik ta’sir etuvchi asboblar keng qo‘llanilmoqda. Bunday asboblardan 
foydalanish beton mustahkamligini faqat har bir partiyasida emas, balki har buyum 
bo‘yicha alohida ham uning turli qismlarida aniqlashga imkon beradi. Bundan 
tashqari, bu asboblardan tashqari betonning turlicha temperatura- namlik sharoitlarida 
qotishida uning mustahkamligi ortib borishini kuzatish, beton ishlayotgan muhitning 
ahamiyatini hisobga olish mumkin va h.k. 
Yig‘ma temirbeton zavodlarida bu asboblardan mahsulotni iste’molchiga 
jo‘natishda betonning chiqish mustahkamligini nazorat qilish uchun, armaturaning 
teranligini bo‘shatishdan oldin betonni nazorat qilish uchun foydalanishi mumkin. 
Qurilish maydonlarida bu asboblarning qo‘llanilishi monolit (yaxlitquyma) 
konstruksiyalarni qolipdan ajratish va yuklantirish muddatlarini o‘rnatishga, yig‘ma 
va yig‘ma monolit konstruksiyalarning choklarida betonning mustahkamligini 
aniqlashga imkon beradi va h.k. Bu asboblar betonning mustahkamligini aniqlash
konstruksiyalar va inshootlarning ishonchliligi hamda chidamliligini baholash 
maqsadida temirbeton konstruksiyalarini foydalanish sharoitida ham tekshirishda 
keng qo‘llanilmoqda. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
jarayonida katta miqdordagi jamoat va sanoat binolaridan foydalanish yo‘nalishlari 
o‘zgarmoqda. Bu ularni qayta qurish va yangi vazifasiga moslashtirishni talab etadi. 
Binolar va inshootlarni qayta qurishning muhim bosqichi ularning texnik holatini 
baholash hisoblanadi. Bunda konstruksiyalar va ularning elementlarini sinashning va 
birinchi navbatda mexanik ta’sir ko‘rsatish asbolaridan foydalanib sinashning 
buzmaydigan usullarining ahamiyatiga ortiqcha baho berish qiyin. 
Mexanik ta’sir ko‘rsatish asboblari bir necha guruhga bo‘linadi: betonga 
botirish va plastik deformatsiya kattaligini olish prinsipiga, shuningdek, beton 


190 
sirtidan elastik qaytish va elastik deformatsiya kattaligini olish prinsipiga asoslangan 
asboblar va boshqalar (6.1 - jadval). 
6.1- jadval 
Betonning mustahkamligini aniqlashning mexanik usullari 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin