194
boshqa buyumlarning, shuningdek yumshoq tog‘ jinslari
toshlarining
mustahkamligini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Asbob (6.4-rasm) quvursimon korpus, bosiluvchi stakan, korpusga halqa
yordamida mahkamlangan indikator, bosiluvchi stakanning ko‘chishini qayd
qiluvchi
vintdan iborat bo‘lib, bosiluvchi stakan prujinalarni materialning kattiqligiga qarab
5 va 10 kG kuch bilan siqadi. Sterjening uchi VK2
guruhidagi metallkeramika
qotishmasidan tayyorlangan. Qotishmaning taxminiy tarkibi kirishmalarni
hisobga
olmaganda – 98% karbid volfram va 2% kobaltdan iborat. Egilishda mustahkamlik
chegarasi kamida 100 kG/mm
2
, Rekvell bo‘yicha mustahkamlik kamida 90. Uchlikni
charxlash burchagi 60
0
qilib qabul qilingan.
Sinovlardan
oldin tekis sirt tanlanadi, zarur bo‘lganda qum qog‘oz bilan
tozalanadi, asbob sinalayotgan sirtga tik qilib o‘rnatiladi va stakan bosiladi, u tirak
vintgacha siljib, prujinani 10 kG kuch bilan siqadi. Prujina kuchi uchi
tekshirilayotgan materialning sirtiga botadigan sterjenga uzatiladi. Uchlikning
botishini indikator 0,01 mm gacha aniqlikda qayd etadi. Sterjenning botish chuqurligi
bir nechta aniqlashlar natijalariga ko‘ra o‘rtacha arifmetik miqdori belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: