195
Asbob natijalarni indikator bo‘yicha bevosita sinash paytida olish imkonini
beradi, bu sinashlar muddatini ancha qisqartiradi va sanoq
kattaligini olishni
soddalashtiradi. Bunda izlarning kattaligini o‘lchashlarda qo‘shimcha o‘lchash
moslamalari (shtangensirkul, lupa, mikroskop va h.k.) va ular bilan bog‘liq uchrashi
mumkin bo‘ladigan hatoliklar bo‘lmasligi hisobiga o‘lchash aniqligi ortadi.
Mustahkamlikni aniqlash har qanday tekislikda tezda amalga oshiriladi.
Qo‘yma choklarning mustahkamligi terilgan g‘ishtlarning choklarida, suvoqli
tekisliklarning mustahkamligi esa binoning bevosita devorlarida va to‘siqlarida
aniqlanishi mumkin. Asbob betonlarda va qorishmalarda ularning qotishida
mustahkamlikning ortishini aniqlash uchun foydalanishi ham mumkin.
6.2. Elastik sapchish pritsipiga asoslangan asboblar
Betonning mustahkamligini elastik sapchish usuli bilan
aniqlash bunda
betonning elastikligi bilan uning siqishga mustahkamligi o‘rtasida ma’lum bir
bog‘lanish o‘rnatilishida asoslangan.
Shmidt bolg‘asi.
Xorijda Shmidt bolg‘asi keng tarqalgan bo‘lib, unda
mustahkamlikni o‘lchash metall boyekning tekshirilayotgan beton sirtidan elastik
sapchishi prinsipiga asoslangan. Prujinaga mahkamlangan va yo‘naltiruvchi
sterjen
bo‘ylab erkin xarakatlanuvchi boyok bo‘shagandan so‘ng zarba beradi va ma’lum
masofaga sapchiydi. Bu masofa asbob korpusiga mahkamlangan shkalada qayd
qilinib, betonning mustahkamligi ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
Asbob zarbalovchisi bilan birga 345 mm uzunlikka va 1030g og‘irlikka ega.
Sinovlar vaqtida bolg‘a sinalayotgan sirtga perpendikular holatda o‘rnatiladi va
korpusga zarblagich ko‘rinmay qolguncha va boyekni lo‘kidondan bo‘shatmaguncha
bosib
boriladi; boyek prujina ta’sirida zarblagichga zarba beradi va teskari
yo‘nalishda shkalada strelka yordamida qayd etiluvchi kattalikka sapchiydi. Sapchish
kattalikning (% hisobida) boyokning zarba berishida yo‘l
kattaligiga nisbati
betonning mustahkamligini ifodalaydi.
KISI (Kiyev) sistemasidagi asbob
(6.5-rasm) – korpus, ishga tushirish
tugmachasi bo‘lgan qopqoq, vtulkadan iborat bo‘lib, cho‘zilgan prujinaning ta’siri
ostida yo‘naltiruvchi sterjen bo‘ylab sirpanuvchi boyekning zarbasini qabul qilib
oluvchi zarb bergich joylashgan.
196
Asbobning korpusida halqa bo‘lib, unga ishga tushiruvchi tugmacha,
ko‘rsatkich shkalasi bo‘lgan darajalangan shkala mahkamlangan.
Sinashdan avval ishga tushirishi tugmachasi oxirigacha bosiladi
va uni shu
vaziyatda tutib turib, boyekni eng yuqori chetki holatiga suriladi, bu
holat boyekni ishga
tushirish holatida tutib turuvchi stoporlovchi skoba yordamida amalga oshiriladi.
Shundan so‘ng sinalayotgan betoning eng silliq qismi tanlab olinadi, unga asbob
o‘rnatiladi va ishga tushirish tugmachasi bosiladi. Boyek cho‘zilgan prujina ta’sirida
zarblagichga uriladi va ko‘rsatkich strelkani shkala bo‘yicha yuqoriga siljitib, undan
sapchib qaytadi. Shkaladagi ko‘rsatkich strelka bilan qayd etiladigan
sapchish kattaligi
(mm hisobida) betonning mustahkamligi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: