6.3. Betonni gidravlik nasos bilan sinashning kompleks usuli
Betonni sinashning kompleks usuli shundan iboratki, betonning siqishdagi
mustahkamlik chegarasi ikkita fizik-mexanik tavsiflar – birgalikdagi uzib olishga va
yorilishga mustahkamlik hamda sirtiy qatlamning statik mustahkamligi bo‘yicha
aniqlanadi. Birgalikdagi uzib olishiga va yorib olishga betoning mustahkamligi
ochiluvchi konus yoki sterjen sug‘urib uzib olish uchun zarur kuch bilan ifodalanadi,
sirtiy qatlamning statik qattiqligi esa beton sirtiga po‘lat sharchani botirishdan hosil
bo‘lgan izning diametri bilan ifodalanadi.
Sinov ixcham gidravlik press- nasos yordamida amalga oshiriladi. Asbob (6.7-
rasm) ishchi silindrli traversa ko‘rinishida ishlangan korpusdan iborat bo‘lib, unda
shtokka ulangan porshen joylashtirilgan. Korpusda chiqariluvchi oyoqlarni, nasosni
va monometrni burab kiritish uchun o‘yachalar mavjud. Ishchi silindr qopqoq bilan
zich yopiladi. Nasos silindrdan, yuqori qopqoqdan vintli shtokli porshendan va
dastakdan iborat.
198
Nasos o‘zining pastki qismi bilan asbob korpusidagi uyaga burab kiritiladi.
Asbobning oyoqlari sferik chuqurliklar bilan tugallanib, ularda maxsus uchliklar
bilan tutib turiluvchi po‘lat sharchalar joylashgan. Asbob kompleksiga ochiluvchi
konus va sug‘urib olinuvchi sterjenlar kiradi, ular asbobni sinashda u bilan maxsus
o‘tuvchi gaykalar yordamida biriktiriladi.
Sug‘urib olinuvchi sterjening bir uchi kesik ko‘rinishdagi yo‘g‘onlashgan
bo‘lsa, ikkinchi uchiga vintli yo‘llar kesilgan bo‘lib, uning yordamida sterjen asbob
tortqisi bilan biriktiriladi. Sinovlarni o‘tkazishdan avval sug‘urib olinadigan
sterjenlarni qoliplarning bortiga mahkamlash bo‘yicha tayyorgarlik tadbirlari amalga
oshiriladi. Taxta qolipda (opalubkada) diametri 20 mm bo‘lgan teshik parmalanib,
unga ichki tomondan sug‘urib olinadigan sterjenlar qo‘yiladi. Tashqi tomondan taxta
qolipning turiga bog‘liq ravishda sug‘urib olinuvchi sterjenlar metall opalubkada
“mayaq” qopqog‘i yordamida va yog‘och opalubkada vintli tutqich yordamida
mahkamlanadi.
Mahkamlovchi moslamalar konstruksiya betonlangandan so‘ng 24 soatdan
keyin olinadi yoki konstruksiyaning taxta qoliplarini olib tashlashdan oldin,
bug‘latgandan so‘ng darhol olib tashlanadi, shundan so‘ng sug‘urib olishga tayyor
bo‘ladi. Sug‘urib olinadigan sterjenlar ko‘zda tutilmagan, foydalanilayotgan
konstruksiyalarni sinashda shpurlar parmalanadi yoki qoqib kiritilib, ularga keyin
ochiluvchi konuslar qo‘yiladi.
Shpurga o‘rnatilgan ochiluvchi konus mufta-tortqilarni burab kiritishda
segment yuzlari surilishi hisobiga betonda mustahkam mahkamlanib qoladi. Keyin
asbob o‘rnatiladi va gayka – shtok yordamida sug‘urib olinuvchi sterjen yoki
ochiluvchi konus bilan biriktiriladi.
Asbobning har bir oyog‘i ostiga iz hosil qilish uchun oq qog‘oz varag‘i, uning ustiga
nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz qo‘yiladi. Nasos vintini bir tekis sekin aylantirish bilan
1000 kG zo‘riqishni ta’minlovchi bosim hosil qilinadi, shundan so‘ng nasos dastasini
qarama – qarshi tomonga burish bilan bosim olib tashlanadi va asbob oyoqlari
ostidan iz tushirilgan qog‘oz varaqlari olinadi.
Shundan so‘ng nasos dastasini takroran aylantirish bilan bosim sterjenni yoki
ochiluvchi konusni sug‘urib olish uchun zarur kattalikkacha orttiriladi. Bu bosimning
kattaligi monometrning ko‘rsatishlari bo‘yicha qayd etiladi va sinovlar jurnaliga
kiritiladi.
|