6.5. Mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi yangi avlod asboblari
So‘nggi yillarda elektronika va kompyuter texnologiyalarining taraqqiy etishi bir
qator yangi avlod asboblarining yuzaga kelishiga zamin yaratdiki, ular o‘z
analoglaridan ixchamligi, ergonomik xususiyatlari, gabaritlari va massasining
kichikligi bilan ancha farq qiladi. Foydalanishning osonligi, ma’lumotlarni qayd etish
va ishlashning avtomatlashtirilgani, xotirada saqlash imkoniyatlari, shaxsiy
kompyuter bilan bog‘liqligi bu asboblarning asosiy afzalliklarini tashkil etadi.
“Oniks 2.5” zarbli-impulsli mustaxkamlik o‘lchagichi
. Texnologik nazorat
paytida betonning (GOST 22690) mustahkamligi va bir jinsliligini operativ nazorat
qilish, binolar va inshootlarni tekshirish, shuningdek g‘isht, yengil betonlar,
kompozitsion materiallar, qorishma choklari, suvoqlar va boshqalarning
mustahkamligini nazorat qilish ushbu asbobning asosiy vazifalarini tashkil etadi.
203
Asbob vositasida birinchi marta mustahkamlikni aniqlashning bir paytning
o‘zida zarbli-impuls va elastik urilib qaytish bo‘yicha ikki parametrli usuli amalga
oshirilgan bo‘lib, bu usul o‘lchovlarning
aniqligini ancha oshiradi. Xulosaviy
natijalarga erishish uchun seriya tarkibidagi
buyumning nazorat uchastkasida 15 tagacha
zarb berilib, 30 tagacha dastlabki natijalar
(zarbli impuls va urilib qaytish bo‘yicha)
olinganidan keyin, ularning elektron blokda
intellektual tahlili amalga oshiriladi hamda
variatsiya koeffitsiyenti hisoblanadi (6.8-
rasm).
6.8-rasm.
“Oniks-2.5” asbobining tashqi ko‘rinishi:
1 – elektron blok” 2 – ochish tugmachasi;
3 – vzvod tugmachasi; 4 – koronka.
Bir qator asosiy opsiyalar ko‘zda tutilgan:
-12 ta bazaviy graduirovkalovchi bog‘liqliklar, bunda ularni sindirib ko‘chirib
olish usuli bilan sinash natijalari bo‘yicha operativ aniqlash imkoniyati mavjud;
-foydalanuvchi tomonidan o‘z graduirovkalari va nomlarini operativ o‘rnatish,
shu jumladan 12 ta yangi material turlari uchun;
-betonning yoshi, tarkibini, qotish va karbonlashish shart-sharoitlarini hisobga
olish;
-seriyalarning natijalari va tarkibi, variatsiya koeffitsiyenti, material turi, buyum,
o‘lchash vaqti va sanasini xotirada qayd etish;
-seriyalarning sanalari va raqamlari bo‘yicha arxivdan natijalarni tezkor qidirish
funksiyasi, bunda ularni raqamli shaklda va yoritilgan displeydagi diagrammalar
ko‘rinishida ko‘rib chiqish imkoniyati ham mavjud;
-shaxsiy kompyuter bilan bog‘liklik va servisli kompyuter dasturi.
Dastur o‘lchashlar natijalarini kompyuterga ko‘chirish, ularni saqlash, ko‘rib
chiqish va hosil bo‘lgan massivdan tanlab olish, shuningdek tanlab olingan natijalarni
jadvallar ko‘rinishida bosib chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda o‘lchashlar
204
o‘tkazilgan vaqt va sana, material turi, mustahkamlik qiymatlari variatsiya
koeffitsiyenti va og‘ish chegaralari bilan birga ko‘rsatiladi.
Datchik-sklerometrning o‘ziga xos konstruksiyasi foydalanuvchiga bitta qo‘lda
ishlash va yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda zarblarni yuqori intensivlikda va aniq
bergan holda o‘lchashlarni amalga oshirish imkonini beradi. Datchik gabaritlarining
kichikligi va korpusining zamonaviy materialdan bajarilganligi xatto past
temperaturalarda ham ishonchli va qulay ish sharoitini ta’minlaydi.
Asbob atrof muhit temperaturasi -
10 dan +40˚S gacha bo‘lganda (asbob bilan
birga yetkazib beriladigan ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovi uchun ishchi
temperaturalar diapazoni 20±10˚S ga teng) va maksimal namlik +25˚S temperaturada
90%ni tashkil qilganda ishlash uchun mo‘ljallangan.
Asbob tarkibiga quyidagilar kiradi:
-sklerometr;
-elektron blok;
-ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovi;
-kompyuter bilan bog‘lanish bloki.
Asbobning asosiy texnik tavsiflari quyidagicha:
-mustahkamlikni o‘lchash diapazonlari, MPa.........................05-100
-mustahkamlikni o‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan
asosiy nisbiy xato chegaralari, %...........................................±8,0
-
ishchi diapazon chegaralarida har bir 10˚S uchun atrof muhit temperaturasining
normal sohadan og‘ishida mustahkamlikni o‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan
qo‘shimcha xato chegaralari, %.......................................±1,5
-ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovining nominal qiymati, ....MPa24,5±2,5
-ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovi qiymatining yo‘l qo‘yiladigan nisbiy
xato chegaralari, %.............................................................±4,0
-doimiy tok manbaidan ta’minlash, V (batareya razradlarining indikatsiyasi
bilan) ………..2,5±0,5
-iste’mol qilinayotgan quvvat, Vt, ko‘pi bilan.....................0,1
-uzluksiz ish davomiyligi, soat, ko‘pi bilan..........................25
-asbobning yig‘ilgan holdagi massasi, kg, ko‘pi bilan..........0,9
-gabarit o‘lchovlari, mm:
elektron blokniki..............................................................151x81x32
205
sklerometrniki...............................................................
∅
25x160
ishchi o‘lchovniki.........................................................120x60x35
kompyuter bilan bog‘lanish blokiniki (KBB).................55x82x21
-o‘rtacha xizmat muddati, yil, kamida..................................10
Asbobda zarbli impuls parametrlari nazorat qilinayotgan materialning elastik-
plastik xususiyatlariga korrelyatsion bog‘liqlikda bo‘ladi. Asbobning ishlash prinsipi
ham aynan shunga asoslangan.
O‘lchashlarni bajarish uchun o‘lchanayotgan sirtga sklerometr indentori bilan
zarb berish lozim. Zarb paytida qayta o‘zgartirgich (preobrazovatel) o‘lchash
ob’yektining sirtqi qattiqligiga proporsional bo‘lgan signal ishlab chiqaradi, bu signal
elektron blok tomonidan qayd etiladi va quyidagi formulalar bo‘yicha
mustahkamlikka o‘zgartiriladi:
B=U·a
k
va R=(A
0
+A
1
·B+A
2
·B
2
),
bu yerda: B – materialning shartli qattiqligi, MPa;
U – elektr parametr ekvivalenti;
R – mustahkamlik, MPa;
a
k
– kalibrlash koeffitsiyenti;
A
0
, A
1
, A2·- approksimatsiyalovchi polinom koeffitsiyentlari.
Asbob elektron blok va sklerometrdan iborat (6.8-rasm). Elektron blok
1 korpusining old tomonidagi panelida klaviatura va grafik displey darchasi
joylashgan. Korpusning yuqorigi tores qismida sklerometrni ulash uchun razyom
hamda natijalarni uzatish va ishlash uchun kompyuter bilan infraqizil aloqa kanali
mavjud. Korpusning orqa panelida batareya bo‘linmasining qopqog‘i o‘rnatilgan.
Sklerometr zarb beruvchi prujinali mexanizmga ega bo‘lgan silindr korpusda
bajarilgan. Sklerometrning yonbosh sirtida vzvod tugmachasi 3 va ochish tugmachasi
2 joylashgan. Koronka 4 datchikni o‘lchash ob’yektiga o‘rnatish uchun
mo‘ljallangan.
Komplektga ilova qilinadigan ishchi o‘lchov organik shishadan ishlangan
plastina shakliga ega. U ishlatish jarayonida asbobni vaqti-vaqti bilan rostlab turishga
xizmat qiladi. Zarblarni sirtning bitta yeriga urishga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarblar tadqiq
etilayotgan sirtning bir-biridan 1 sm dan kam bo‘lmagan masofada joylashgan turli
yerlariga uriladi.
206
Bunda sirt begona iflosliklardan tozalangan bo‘lishi va yoriqlar, sezilarli
notekisliklar, beton sirtiga chiqib qolgan shag‘al bo‘rtiqlariga ega bo‘lmasligi lozim.
Asbob bilan 5000 zarb urilganidan so‘ng, ammo har 3 oyda 1 martadan kam
bo‘lmagan holda, uni ishchi o‘lchovda kalibrlash tavsiya etiladi. Ishchi o‘lchov qattiq
asosda, izolondan ishlangan gilamchada o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu turli
ko‘rinishdagi xatolarning o‘rnini bosish imkonini beradi.
“Oniks-2.5” asbobi Davlat metrologik xizmati organlari tomonidan yoki
tekshirish huquqiga ega boshqa vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan
tekshiriladi. Asbob bir nechta ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
“Oniks-2.51” ikki parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (zarb+urilib
qaytish) va servis funksiyalarining to‘liq to‘plamiga ega.
“Oniks2.52” bir parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (faqat zarb) va
servis funksiyalarining to‘liq to‘plamiga ega.
“Oniks-2.53” ikki parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (zarb+urilib
qaytish) va soddalashtirilgan servisga ega (bunda kompyuter bilan aloqa funksiyasi
yo‘q, beton yoshi, soat, kalendar ham o‘rnatilmagan, yozuv daftarchasida esa
natijalar o‘lchash vaqti ko‘rsatilmagan holda saqlanadi).
“Oniks-2.54” bir parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (faqat zarb) va
soddalashtirilgan servis funksiyalarining to‘liq to‘plamiga ega (bunda kompyuter
bilan aloqa funksiyasi, beton yoshi qurilmasi, soat, kalendar yo‘q, yozuv
daftarchasida natijalar o‘lchash vaqti ko‘rsatilmagan holda saqlanadi).
Dostları ilə paylaş: |