197
Agar asbob zarblovchisi sharchali uchlikka ega bo‘lsa, u holda hosil bo‘lgan
diametriga ko‘ra betoning ikkinchi bevosita ko‘rsatkichini ham aniqlash mumkin.
Sharchali uchlikka ega asbobdan foydalanishda udarnikning uchiga toblangan
po‘latdan qilingan qalpoqcha burab kiritilishi kerak.
6.6-rasm. Sterjenli zarblovchisi bo‘lgan KM turidagi asbob:
1- zarblovchi; 2- zarba beruvchi
prujina; 3- boyek; 4- ko‘rsatkich; 5- shkala; 6- tutqich; 7- lo‘kidon; 8- tirak bolti; 9- dastak;
10- sharchali uchlik.
Sinovlarni o‘tkazish uchun eng silliq sirtga ega, ko‘rinadigan nuqsonlari
bo‘lmagan beton uchastkasi tanlab olinadi va ketma-ket zarbalar seriyasi beriladi.
Sinalishi kerak bo‘ladigan uchastkalar miqdori va ularning joylashishi o‘rinlari
sinalayotgan konstruksiyalarning turiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Betonni
sinashda uning sirtiga zarbalar buyum chetidan kamida 50 mm yaqinlashmasdan
beriladi, bunda aynan bir joyga tushmaslikka xarakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: