Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


  VII BOB. MATERIALLARNI VA KONSTRUKSIYALARNI SINASHNING



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 


212 
VII BOB. MATERIALLARNI VA KONSTRUKSIYALARNI SINASHNING 
ELEKTRON – AKUSTIK USLUBLARI 
7.1. Sinash usullarining nazariy asoslari 
 
Elastik to‘lqin turlari.
Qattiq jismlarda kuzatiladigan elastik to‘lqinlar bir 
necha guruhga bo‘linishi mumkin. Bo‘ylama to‘lqinlar yoki siqish va cho‘zish 
to‘lqinlari, ko‘ndalang to‘lqinlar yoki siljish to‘lqinlari va sirt to‘lqinlari yoki 
moslashuvchi deformatsiyalar natijasida vjudga keladigan Reley to‘lqinlari. 
Bo‘ylama elastik to‘lqinlar bu muhit zarrachalarining xarakati to‘lqinning 
xarakat yo‘nalishida amalda oshiriladigan to‘lqinlardir. 
Bu to‘lqinlar eng katta tezlikda tarqaladi. Cheksiz qattiq jismda ularning 
tarqalish tezligi: 
)
2
1
)(
1
(
)
1
(
µ
µ
ρ
µ
υ

+

=
E
пр
tenglamadan aniqlanadi, bunda,
E
– elastiklik moduli; 
µ
–Puasson koeffitsiyenti; 
ρ
– muxitning zichligi 
Ko‘pchilik qattiq jismlar uchun Puassan koeffitsiyenti 0,16 – 0,25 chegaralarda 
o‘zgargani uchun; tenglama quyidagi sodda ko‘rinishni oladi. 
ρ
ρ
υ
E
E
пр
05
,
1
11
,
1
=
=
Olingan tenglama, agar ultratovush tezligi ma’lum bo‘lsa, materialning 
elastiklik modulini hisoblash uchun ham foydalanishi mumkin: 
ρ
υ
2
11
,
1
пр
E
=
Ko‘ndalang to‘lqinlar yoki siljish to‘lqinlari – bu shunday to‘lqinlarki, bunda 
materialdagi zarrachalarning harakati yo‘nalishi to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga 
perpendikular holda tarqaladi. Ko‘ndalang to‘lqinlarning tezligidan taxminan ikki 
marta kam va quyidagi: 
ρ
υ
G
поп
=
formuladan aniqlanadi, bu yerda:
G
- siljish moduli. 


213 
Elastiklik moduli 
Y
, siljish moduli 
G
va Puasson koeffitsiyenti quyidagi 
munosabat bilan bog‘langan: 
µ
+

=
1
2
1
E
G
.
Bundan Puasson koeffitsiyenti ma’lum bo‘lganda va elastiklik moduli 

topilganda siljish moduli 
G
ni doim aniqlash mumkin. Sirtiy to‘lqinlar yoki Reley 
to‘lqinlari suv sirtida vjudga keladigan to‘lqinlarga o‘xshab, to‘lqinning tarqalish 
tekisligida zarrachalarning ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang ko‘chishlari bilan 
ifodalanadi. Bu to‘lqinlar tez so‘nadi va material ichiga birozgina kiradi. Qattiq 
jismlarda sirtiy to‘lqinlarning tarqalish tezligi ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish 
tezligining taxminan 0,9 qismini tashkil etadi. Qattiq jismlarda yana ko‘ndalang sirtiy
to‘lqinlar yoki Lyav to‘lqinlari kuzatilishi ham mumkin. Bunday to‘qinlar qattiq jism 
o‘zining fizik-mexanik xossalari bo‘yicha bir –biriga tegib turuvchi qatlamalar 
ko‘rinishdagi ikkita turli muhitdan iborat bo‘lgan holda vjudga keladi. Bu to‘lqinlar 
Reley sirt to‘lqinlariga qaraganda ancha katta tezlikda tarqaladi. 
Elastik to‘lqinlarning qaytishi va sinishi.
Elastik to‘qinlar qattiq jismning 
sirtida tarqalayotganda ular yorug‘lik nurlariga o‘xshab qaytadi va sinadi. Qaytganda 
energiyaning asosiy qismi qaytgan to‘lqinda to‘planadi, chunki qattiq jismning 
okustik qarshiligi havoning akustik qarshiligidan ancha katta. Agar akustik to‘lqin 
(bo‘ylama yoki ko‘ndalang) qattiq jismning sirtiga perpendikular tushsa, u holda ham 
qaytgan, ham o‘tuvchi (singan) to‘lqinlar tushayotgan to‘lqinga o‘xshash turda 
bo‘ladi. Elastik bo‘ylama to‘lqin ikki muhit chegarasiga burchak ostida 
tushayotganda yangi to‘rtta to‘lqin: ikkita 
qaytgan - bo‘ylama va ko‘ndalang va ikkita 
o‘tuvchi singan to‘lqinlar – bo‘ylama va 
ko‘ndalang to‘lqin hosil bo‘lib, 
to‘lqinlarning parchalanishi yuz beradi 
(7.1-rasm). Bunda tushuvchi va qaytgan 
bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar uchun 
tushish burchagi qaytish burchagiga teng. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin