216
sinalayotgan namuna orqali o‘tishda tarqalish, qaytishi va uchragan nuqsondan soya
hosil qilishi mumkin.
Nuqsonning soyasi namunaning qarama-qarshi tomonidan qabul qiluvchi shup
tomonidan tutib olinadi va elektronnurli trubkada ravshanlikning o‘zgarishi bilan
qayd qilinadi yoki moy sirti holati bo‘yicha ko‘zda ko‘rib qayd etiladi (7.2-rasm)
Namunaning nuqsonli qismi o‘zidan to‘lqinlarni o‘tkazmaydi va namunaning
qarama-qarshi tomonidan moyning tebranishni vujudga keltirmaydi.
7.2-rasm. Soya usuli bilan nuqsonlarni aniqlash sxemasi: a- shup yordamida; b- moy
yordamida;1- namuna; 2- moy solingan idish; 3- shup nurlagich; 4- qabul qiluvchi shup.
Tebranishlar bevosita o‘tadigan soyali usulga asoslangan ultratovushli asboblar
sinalayotgan namuna orqali uning strukturasi o‘zgarishiga yoki unda nuqsonlar
mavjud bo‘lishiga bog‘liq holda o‘tgan tebranishlarning intensivligi amplituda
o‘zgarishlarini qayd etadi.
Tebranishlarni qaytarish uslubi -
exo – usul (aks – sado usuli) qurilish
materiallari va mahsulotlarini nazorat qilish uchun juda keng foydalaniladi, soyali
usulga qaraganda ancha katta sezgirlikka ega. Bu usul elastik to‘lqinlarning
sinalayotgan buyumning nuqson joyidan qaytishga asoslangan va ikki parametrni –
qaytgan signalning amplitudasini va bu signalning nuqsondan namunaning sirtigacha
o‘tish yo‘li vaqtini bir vaqtda o‘lchashni ko‘zda tutadi (7.3.- rasm). Signalning o‘tish
vaqti impulsli chastota-modullashgan va rezonans sistemalari yordamida o‘lchanishi
mumkin. Defektoskopiyada impulsli sistemalar eng ko‘p tarqaldi.
Dostları ilə paylaş: