“Pulsar-1.2” ultratovush defektoskopi
buyumlar va konstruksiyalarning
defektoskopiyasini amalga oshirish, beton, g‘isht va boshqa materiallarning (GOST
17624, GOST 24322) mustahkamligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Bu asbob
buyumlarni razbrakovka qilishda, ularning zichligi, g‘ovakliligi, darzliligi ,
anizatropiyasini baholashda qo‘llanishi mumkin. U konstruksiyani ishlab chiqarish va
ishlatish jarayonida ularda defektlarning mavjudligi haqida axborot olish imkonini
beradi. Asbob bajaradigan asosiy funksiyalar quyidagilardan iborat:
-displeyda A-signallarni olish va ularni ossillograf rejimida ishlashda tahlil etadi,
shu jumladan ultratovush signalining dastlabki kirib kelish vaqti belgisini qo‘lda
urnatish imkoniyati mavjud;
-ultratovush signalining dastlabki kirib kelish amplitudasi bo‘yicha vaqt
belgisini avtomatik tarzda stabillashtiradi;
-avtomatik rejimda hamda A-signal bo‘yicha vaqtni korrektirovka qilish orqali
sirt bo‘ylab va orasidan o‘tgan tovush bilan tekshirishda ultratovushning tarqalish
vaqti va tezligini o‘lchaydi;
-“stop-kadr” rejimini amalga oshiradi;
-raqamli va analogli qurilma filtrlariga ega;
231
-avvaldan o‘rnatib olingan graduirovkalovchi modul bog‘liqliklari bo‘yicha
materialning mustahkamligi, zichligi va elastiklik modulini, shuningdek
abrazivlarning tovush indeksini o‘lchaydi;
-sirt bo‘ylab tovush bilan tekshirishda darzlar chuqurligini aniqlaydi;
-noma’lum tarkibli betonlarning mustahkamligini baholaydi;
-qabul qilinayotgan signallarni kompyuter xotirasiga yozadi va ularni vaqt lupasi
rejimida ko‘rib chiqish imkonini beradi;
-30 ta turdagi material uchun individual graduirovkalarni o‘rnatish imkonini
beradi;
-A-signali, o‘lchovlar natijalari, barcha ish parametrlari, vaqt va sana
ko‘rsatilgan 400 ta nazorat protokoliga ega.
Asbob bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, ularning asosiylari quyidagicha:
-qabul qilinayotgan signallarning vizuallashtirilishi;
-signallarni avtomatik tarzda va qo‘lda rostlash imkoniyatining mavjudligi;
-qabul qilinayotgan signallarning samarali filtratsiyasi;
-katta bazalarda sirt bo‘ylab va materialni teshib o‘tgan tovush bilan tekshirish
imkoniyatining mavjudligi;
-zondlovchi impulslar qo‘zg‘alishida yuqori kuchlanish;
-o‘lchashlar natijalarini qo‘shimcha ishlash, arxivlash va hujjatlashtirish uchun
USB-interfeysining va kompyuter dasturining mavjudligi.
Asbobning texnik tavsiflari:
-vaqtni o‘lchash diapazoni, mks...........................................5,0...2·10
4
-vaqt o‘lchovining asosiy absolut xato chegarasi,
%, ko‘pi bilan……............................................................±(0,01t+0,1)
-qo‘zg‘alish kuchlanishi, V..................................................600 gacha
-ishchi tebranish chastotasi, kGs..........................................50...100
-elektron blok gabaritlari, mm............................................160x120x30
-elektron bolk/datchik massasi, kg.........................................0,3/0,54
|