226
Payvand choklarida nuqsonlarning o‘lchamlarini aniqlash.
Aniqlangan
nuqsonlar payvand
chokida uzunligiga, yopish chuqurligiga va joylashish tavsifiga
qarab tekshiriladi.
Yoriqlarning va yaxshi payvadlanmagan joylarning uzunligi quyidagi tarzda
aniqlanadi (7.9-rasm). Chokka perpendikular ravishda turli xil holatlarda prizmatik
shup o‘rnatiladi va uni chok bo‘ylab surib, bir vaqtda uni
ikkala tomonga aylantirib,
elektronnurli trubka ekrani kuzatiladi. Ekranda eng kata amplitudali signal paydo
bo‘lganda shupni yana chok bo‘ylab to ekrandagi maksimal signal taxminan ikki
marta kichraygan holat qayd qilinguncha o‘nga va chapga surib
turiladi, shu joylarda
yoriqning chegaralari belgilanadi. Agar aniqlangan nuqson notekis kesimga ega
bo‘lsa yoki mayda gaz pufakchalaridan yoki shlakli kirishmalardan iborat bo‘lsa, u
holda barcha nuqson to‘plamlarning umumiy o‘lchovi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: