Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
 
 
 
 
 
 
7.6-rasm. Shag‘al turining ultratovush tezligiga ta’siri;
1-qumlik; 2-ohaktosh; 3-granit; 
 4-dolomit; 5-afonit ohaktosh; 6-mustahkam dolomit. 
 
Betonning namligi ultratovushli tebranishlar natijalariga doimo anchagina 
ta’sir ko‘rsatadi, chunki ultratovushning suvda tarqalish tezligi havodagi tarqalish 
tezligidan ancha katta. Betonning aynan bir xil mustahkamligida suvda saqlanayotgan 
betonda ultartovushning tezligi havoda saqlanayotgan betondagidan ancha katta 
bo‘ladi. Ultartovushli sinovlar ko‘rsatkichiga sinalayotgan konstruksiyada 
armaturaning mavjudligi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ultratovushning metalldagi 
tezligi betondagidan ancha katta bo‘ladi.


222 
Shu munosabat bilan konstruksiyalarda sinovlarni armaturaning joylashishiga 
parallel yo‘nalishda o‘tkazish taqiqlanadi. 
Temirbeton elementlarni ko‘ndalang yo‘nalishda sinashda esa ultratovushli 
impulslarning o‘tish yo‘lida joylashgan armaturaning mavjudligini hisobga olish 
kerak. Ultratovushli impulslar tezligiga tekshirilayotgan betonning isish 
temperaturasi ham ta’sir ko‘rsatish mumkin. 
 
7.4.Betonni sinashning rezonans usullari 
Rezonans usullari beton qorishmasining yaxshi zichlashtirilmaganligi, 
armaturaning beton bilan yaxshi ishlolmaganligi natijasida vujudga keladigan farron 
yoriqlar, nuqsonlarni nazorat qilishga imkon beradi, shuningdek temirbeton 
buyumlarning deformatsiyalanishini va yuk ko‘tarish qobiliyatini nazorat qilish 
uchun foydalanishi mumkin. Bu sinash usullari temirbeton elementining faqat sifati 
to‘g‘risida tasasavvur beribgina qolmay, balki ularning umuman konstruktiv tavsifini 
baholashga imkon beradi. 
Temirbeton konstruksiyalarining nazorat qilishning rezonans usullari xususiy 
tebranishlar chastotasini o‘lchashga va ularning so‘nish xarakteristika (tavsif)larini 
aniqlashga asoslangan. 
Statik va dinamik yuklanishlar ta’siri sharoitida ishlovchi temirbeton 
elementlar (to‘sinlar, progonlar, ustunlar, panellar va boshq.)da xususiy tebranishlar 
chastotasini va ularning so‘nish tavsiflarini aniqlash uchun egiluvchi tebranishlardan 
foydalaniladi. Egiluvchi tebranishlar chastotasi quyidagi: 
1
2
2
159
,
0
mT
EI
l
f
λ
=
Gs, 
formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin, bunda:
λ
- tebranishlar tonini va tayanish 
tavsifini hisobga oluvchi koeffitsiyent; 
l
- elementning uzunligi, sm; 
ΕΙ
- keltirilgan 
bikrlik; 
m
- pogonli massa; 
T
1
 
kesim balandligining oraliqqa nisbatiga va Puasson 
koeffitsiyentiga bog‘liq bo‘lgan tuzatish koeffitsiyenti, 
T
1

1,02.
 
Buyumning asosiy fizik–mexanik xossalarini ifodalovchi xususiy tebranishlar 
chastotasiga elastiklik moduli, inergiya momenti, buyumning pogon massasi, 
shuningdek, elementdagi armaturaning miqdori va joylanishi ta’sir ko‘rsatadi. 


223 
So‘nish tavsifiga ko‘ra (so‘nishning logarifmik dekrementi) beton namligining 
o‘zgarishini, mikroyoriqlarning mavjudligini, armaturaning beton bilan ilashishining 
buzilishini, shuningdek, betonni zichlashtirish va qotish rejimining buzilishi bilan 
yuzaga kelgan betondagi nuqsonlarni aniqlash mumkin. So‘nishning logarifmik 
dekrementi so‘nuvchi tebranishlar amplitudasining kattaligi bo‘yicha quyidagi:
n
i
i
A
A
n
n
+
=
1
1
δ

formuladan aniqlanishi mumkin,
bu yerda: n- sikllar orasidagi davrlar soni; 
i
Α

n
i
+
Α
- tebranish amplitudalari 
bo‘lib, u amplituda rezonons cho‘qqisining eniga ko‘ra aniqlanadi: 
0
2
1
3
f
f
f


=
π
δ

bu yerda: 
0
f
- tebranishlar rezonons chastotasi;
1
f
- rezonons chastotadan, katta chastota;
2
f
- rezonons chastotadan kichik chastota. 
So‘nishning logarifmik dekrementi betonning yutilishi koeffitsiyentiga bog‘liq 
va
2
ψ
δ
=
bog‘lanish bilan ifodalanadi,
bunda: 
Ψ
- yutilish koeffitsiyenti; me’yoridagi namlikka ega sifatli buyumlar uchun 
Ψ
ni beton buyumlarga 0,25 ga teng qilib va temirbeton buyumlar uchun 0,35 – 04 ga 
teng qilib qabul qilinadi. 
Har bir sinovdan oldin buyum sinchiklab o‘lchanadi, uning massasi va boshqa 
tavsiflari aniqlanadi. Buyum (mahsulot) uchlaridan oraliqning 0,224 ga teng 
kattalikka uzoqlashgan, kesimlari 10x10 sm bo‘lgan yog‘och ostqo‘ymalar ustiga 
erkin joylashtiriladi. Egiluvchi tebranishlarni uyg‘otish usuliga bog‘liq holda nazorat 
rezonons usuli bilan va so‘nuvchi tebranishlar usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Nazorat qilishning rezonons usuli shundan iboratki, buyum oraligining 
o‘rtasiga o‘rnatilgan elektrodinamik uyg‘otgich yordamida so‘nmas tebranishlar 
uyg‘otadi (7.7-rasm).

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin