Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


Sementning  gidrotatsiya issiqligini termos usuli bilan aniqlash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Sementning 
gidrotatsiya issiqligini termos usuli bilan aniqlash
. Apparatura. Gidrotexnik 
betonni tayyorlash uchun materiallarni sinash usuliga GOST 4798-57 Dyuar idishi 
(termosda) da sementtoshning issiqlik ajralishini to‘g‘ri o‘lchash usuli hisoblangan 
sementning qotish issiqligini termos usuli bilan aniqlash ko‘zda tutiladi. 
Ushbu usul bo‘yicha qotishning issiqligini aniqlash uchun quyidagi apparatura 
zarur: 25-30 sm balandlikdagi, 5-7 sm ichki diametrli silindr shakldagi termos (Dyuar 
idishi) unga xalqalar va aylanadigan simli ilgaklar bo‘lgan termos silindrik qismining 
balandligidan 1 sm dan kichik oq tunukadan silindr idish; 0.1-0.2
0
ajratish yuklamasi 
bilan va termosda harakatni o‘lchash uchun uzun dum qismi bilan 50
0
S termometr; 60 
sm diametrli va 40 sm balandlikdagi silindr shakldagi bak ko‘rinishidagi, 0.25 l 
quvvatli aralashtirgich, 5 va 30 om reostatli elektr isitish haroratni ta’minlash 
imkoniga ega istalgan tizim termosozligichi, isitgich zanjirida tokni avtomatik yoqish 
va o‘chirish uchun rele termostatda berilgan suv haroratining doimiyligini nazorat 
qilish uchun Bekman termometri bilan ta’minlangan suvli termostat. 
Umumiy o‘rnatish sxemasi 1.17-rasmda keltirilgan. Po‘stloq tikinli (probka) 
termosga rezina yelim yoki ishqorning spirtli eritma bilan shimdirilgan yoki 
parafinda pishiriladi. Qurigandan keyin teshikka termometr uchun yupqa devorli 
shisha trubka bir uchiga kavsharlangan tiqinlar zich qilib tiqiladi, trubka termosning 
o‘rtasidan pastroqqacha tushiriladi. Tiqin va trubka o‘rtasidagi bo‘sh joy Mendeleyev 
zamaskasi bilan to‘ldirilib, biriktiriladi.


68 
Termosda haroratni o‘lchash uchun xizmat qiladigan termometr ko‘rsatkichi 
15,20,30, va 40
0
S haroratda nazorat (tekshirilgan) termometr ko‘rsatkichlari bilan 
tekshirilgan bo‘lishi kerak. Olingan ko‘rsatkichlar asosida tuzatadigan egri chiziq 
chiziladi. Gidrotatsiya issiqligi ikkita: bir vaqtda termosda yig‘iladigan va atrof 
muhitga termosdan beriladigan issiqlik summasi kabi aniqlanadi. 
Sinov o‘tkazish. Sinov vaqtida sement eritmasining maksimal oshish harorati 
150S ga yaqin bo‘lishi uchun sementning turi va markasiga bog‘liq holda 
belgilanadigan sement va qum birlashtirilganda sement eritmasi hosil bo‘ladi. 
Agar sinov vaqtida harorat maksimal oshishi 10
0
S kam yoki 16
0
S
dan ko‘p 
bo‘lganda, sement va qumning nisbatini o‘zgartirib, sinovni takrorlash zarur. 
Sinalayotgan sement 2 minut davomida sferik farfor yoki temir idishda quruq 
qum bilan aralashtiriladi, keyin idishga suv qo‘shiladi va qorishma 3 minut davomida 
po‘lat qoshiq yoki katta bo‘liagan kurakcha bilan tez aralashtiradi. Quruq sementning 
qum bilan aralashmasining og‘irligi 600-650 g bo‘lishi kerak. Aralashmadagi suv 
miqdori normal quyuqlikdagi qattiq konsistensiyaning sement eritmasi uchun talab 
qilinadigan 1-2 foizga ko‘p bo‘lishi kerak va sinalayotgan eritmaning zarur zichligini 
ta’minlashi kerak. 
Sement eritma imkoni boricha tez silindr idishga olinadi va tunukadan qilingan 
idishni stolga taqillatib zich berkitiladi. Idishga yopishgan eritma idishga 
joylashtirilgan paxta bo‘lagi bilan olinadi. Idishning ustiga idishning diametridan 6 
sm dan katta bo‘lgan diametrli aylana shaklida kesilgan pargament bilan yopiladi, 
keyin pergament egiladi va idishga rezinka yoki ip bilan zich o‘rab qo‘yiladi. 
Idishning o‘rtasida pergamentda shisha trubkani kirg‘izish uchun teshik qilinadi, 
keyin idish termosga joylashtiriladi, termosning tagiga probkali qistirma (prokladka) 
ni oldindan qo‘yiladi, idish termos devoriga tegmasligi kerak. Termosga termometr 
uchun o‘rnatilgan trubka asta-sekin vertikal yo‘nalishda sement eritmaga tushirilishi 
uchun probka bilan yopiladi. Odindan trubkaga yaxshiroq issiqlik almashinuvi uchun 
oz miqdorda simob quyiladi. Termos devorchaning ust qismi va probka o‘rtasiga 
normal haroratda elastikligiga ega so‘rg‘ich pasta qatlami yoki boshqa suv 
o‘tkazmaydigan zamaska quyiladi va termos suv harorati 20-+0.1
0
S ga teng butun 
sinov davomida ta’minlashi kerak bo‘lgan suv termosatga joylashtiriladi. 
Termostatdagi suv darajasi bir necha santimetrga termosning yuzasidan yuqori 
bo‘lishi kerak. 


69 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin