Ushbu hujjatlar quyidagilar


g‘aznachilik memorial orderi



Yüklə 50,67 Kb.
səhifə9/14
tarix23.10.2022
ölçüsü50,67 Kb.
#65977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
g‘aznachilik memorial orderi — mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun foydalaniladigan to‘lov hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi — o‘z tasarrufida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan qirq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya — o‘rta muddatli davr uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi hujjat.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan qirq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
4-modda. Budjet tashkiloti
Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot budjet tashkilotidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning budjet hisobini yuritish tartibi budjet to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Budjet mablag‘lari oluvchi
Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘lar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs budjet mablag‘lari oluvchidir.
Budjet mablag‘lari oluvchi budjet tashkiloti maqomiga ega bo‘la olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablag‘lari oluvchini Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish shartlari budjet to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI

Yüklə 50,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin