Ushbu hujjatlar quyidagilar


davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish



Yüklə 50,67 Kb.
səhifə6/14
tarix23.10.2022
ölçüsü50,67 Kb.
#65977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish — aktivlarni jalb etish, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
davlat qarzi — O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag‘larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari;
daromadlar va xarajatlar smetasi — budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan tushumlari va xarajatlari aks ettiriladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
donorlar — O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda mablag‘lar ajratadigan davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari;
(3-moddaning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
dotatsiya — budjet tizimi budjetlariga ularning o‘z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
jamlanma xarajatlar smetasi — budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va o‘ziga ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs;

Yüklə 50,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin