O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJET KODEKSI Umumiy qism I bo‘lim.
Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini (bundan buyon matnda budjet tizimi budjetlari deb yuritiladi) shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining budjet to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aylanma kassa mablag‘i — moliya yilida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.