Ushbu hujjatlar quyidagilar


birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi



Yüklə 50,67 Kb.
səhifə3/14
tarix23.10.2022
ölçüsü50,67 Kb.
#65977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet jarayoni — budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish, budjet tizimi budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayoni;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
budjet jarayoni ishtirokchilari — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘larini taqsimlovchi — birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
budjet sohasidagi vakolatlar — budjet jarayoni ishtirokchilarining budjet munosabatlari sohasidagi vakolatlari;
budjet ssudasi — qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet so‘rovi — o‘rta muddatli davr uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat;
(3-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 50,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin