umumiy fiskal balans — O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni o‘z ichiga olgan jamlanma balans;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son) Oldingi tahrirga qarang. fiskal tavakkalchiliklar — budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablag‘larini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yo‘qotishlarni baholash;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) moliya yili — birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr;
moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida va budjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
Oldingi tahrirga qarang. (3-moddaning o‘ttiz ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son) subvensiya — muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
subsidiya — tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari;