budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari — qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar;
(3-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) budjet tizimi budjetlari — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari;
budjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar;
vaqtinchalik kassa uzilishi — joriy moliya yilining muayyan davrida budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi;
Oldingi tahrirga qarang. vaqtinchalik xarajatlar smetasi — budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonunchilikdagi o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi;
(3-moddaning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat budjetining birlamchi profitsiti — muayyan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti profitsiti;