Ushbu maqolada chet tili, xususan, arab tili o‘rganuvchilariga yangi leksik materialni o‘rgatish bosqichlari va bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar



Yüklə 72,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü72,21 Kb.
#186892
1   2   3   4   5   6   7   8
arab tili

Uyadosh so‘zlar orqali o‘rgatish. 
Masalan, هكاوفلا mevalar so‘zini tanishtirishda o‘quvchilarga oldindan ma’lum 
bo‘lgan meva nomlarini sanash (شمشم ، بنع ،حافت) va bularning bari هكاوفلا guruhiga 
kirishini ta’kidlash kifoya. Bu usul "kiyim-kechaklar", "sabzavotlar", "idish-
tovoqlar", "o‘quv qurollari" kabi jamlovchi so‘zlarni o‘rgatishda qo‘l keladi. 
Tushuntirish jarayonida klaster metodidan foydalanish tavsiya etiladi.

So‘z ma’nosini kichik hikoya orqali ochib berish. 
Misol uchun, ىرتشا “sotib olmoq” so‘zini o‘rgatish jarayonida bir 
qahramonning bozorga borishi va u yerdan mahsulotlarni tanlashi va pul berishi, shu 
orqali uning sotib olish jarayonini amalga oshirganini tushuntirish mumkin. 
Mazkur metod asosan o‘rta va yuqori darajadagi til o‘rganuvchilariga nisbatan 
tatbiq etiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan metodlar asosan so‘zning mazmun-
mohiyatini tushuntirishga qaratilgan usullar bo‘lib, ularni tatbiq 
etish jarayoni so‘zlarning talaffuzini o‘rgatish bilan teng holatda 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-527-533 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
530
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
olib borilishi zarur. Mazkur metodlarni qo‘llash jarayonida barcha analizatorlar 
(ko‘rish, eshitish, nutq, harakat)ning jalb etilishi samarali natija beradi. 
Biroq yangi so‘zlarni tarjimasiz usulda o‘rgatish aksar hollarda ko‘p vaqt talab 
qiladi. Shuningdek, mavhum tushunchalarni ko‘rgazmali usulda taqdim etish 
imkoniyati o‘ta cheklangan. Shu sababli yangi so‘zlarning ma’nolarini izohlashda 
vosita tilni qo‘llash, ya’ni tarjima usulidan foydalanish ham ijobiy samara berishi 
mumkin. Metodist olim H.Palmer so‘zlarning ma’nosini ochishda ko‘rgazmalilik, 
kontekstdan foydalanish kabilardan tashqari tarjimani qo‘llashni ham tavsiya etadi. 
Agarda yangi so‘zning vosita tildagi ayni muqobili topilmasa, izohli tarjima beriladi. 

Yüklə 72,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin