Falsafiy asosi bo`yicha: materialistik va idealistik, ilmiy va diniy, gumanistik va antigumanistik, antrosofik va teosofik, programmatik va ekzistentsialstik texnologiyalar, erkin va majbu-riy tarbiya va boshqalar.
Mazmuni va tuzilish xususiyati bo`yicha: ta`limiy va tarbiyaviy, dunyoviy va diniy, umumta`lim va kasbga yo`naltiruvchi, gummanitar va texnokratik texnologiyalar, monotexnologiyalar, politexnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
Ilmiy jihati. Pedagogik texnologiyalar pedagogika fanining asosiy sohasi bo`lib, o`qitish maqsadi, mazmuni va metodlarini o`rganadi. Pedagogik texnologiyalar yordamida o`qitish metodlari ilmiy asoslanada va pedagogik jarayonlar loyihalanadi. Jarayonli – ifodali jihati. Aniq ta`limiy natijaga eri-shishni kafolatlaydigan pedagogik jarayonni, uning maqsadi, maz-muni, metodi va vositalari majmuini ifodalaydi. Jarayonli – mazmunli jihati. Texnologik (pedagogik) jarayon amalga oshiriladi, barcha shaxsiy, instrumental va metodologik pe-dagogik vositalar ishga tushiriladi.
Pedagogik texnologiyalarning darajalari: Lokal (mahalliy) pedagogik texnologiyalar. Didaktik va tarbiya-viy vazifalarning alohida qismlari (faoliyatning alohida turlari), tushunchalarni shakllantirish, shaxsda alohida sifatlarni rivojlantirish, dars texnologiyasi, yangi bilimlarni o`zlashtirish, takrorlash va bilimlarni nazorat qilish texnologiyasi va boshqalar.
Xususiy metodik pedagogik texnologiyalar xususiy metodika ma`nosini anlatadi, ya`ni bunda o`qitish va tarbiyalashning ma`lum mazmunini jorish etish maqsadida usul va vositalar majmui bi-ror o`quv predmetni o`qitish, muayyan sinf o`quvchilari, o`qituvchi, tarbiyachi uchun ishlab chiqiladi va amalda qo`llaniladi. Umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiyalar muayyan mintaqada, o`quv muassasasida ta`limning ma`lum bosqichidagi yaxlit ta`limiy jarayonni tavsiflaydi. Bu erda pedagogik texnologiya pedagogik tizim sifatida qaraladi. Unda o`qitish maqsadlari, mazmuni, vositalari va metodlari, jarayon sub`ekti va ob`ektlarining faoliyati algoritmlari yig`indisi mavjud bo`ladi. Pedagogik texnologiyalarning mohiyati va mazmunini aniqlashti-rishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, monografiya va qo`llanmalar (V.P.Bespal`ko, V.V.Guzeev, M.V.Klarin, V.M.Monaxov, V.Yu. Pityu-kov, G.K.Selevko va boshqalar), maqolalar (T.S.Nazarova, I.Ya. D`yachen-ko va boshqalar) tahlili shundan dalolat beradiki, pedagogik texnolo-giyalar tuzilmasida quyidagi komponentlar alohida ajralib turadi: 1. O`qitishning tashkiliy qismi: – o`quv –moddiy baza; – poligrafik va texnikaviy baza; – pedagog va talaba (o`qituvchi). 2. O`qitishning mazmunli qismi: – makro va mikro maqsadlar; – o`quv materiali mazmuni. 3. Jarayonli qismi –texnologik jarayon: – o`quv jarayoni; – talabaning biluv faoliyati metodlari va shakllari; – materialni o`zlashtirish jarayonini boshqarish bo`yicha o`qi-tuvchi faoliyati. 4. O`qitishning tashxis qismi - o`lchash va baholash: – bilim va ko`nikmalarni o`lchash etaloni; – o`lchash instrumenti(shkala); – baholash. 5. Korrektsiya qismi – tuzatish: – teskari aloqa; – yakuniy natijani ta`minlash; – qo`shimcha didaktik jarayonni tashkil etish. Bir qarashda bu qismlar har qanday o`quv jarayoni uchun umu-miylik kasb etadigandek tuyuladi, biroq pedagogik texnologiyalar quyidagi metodologik talablarga – texnologiyalanuvchanlik mezon-lariga javob beradi1. 1. Kontseptuallik – loyihalanayotgan pedagogik texnologiyalar muayyan ilmiy kontseptsiya – falsafiy, psixologik, didaktik va bosh-qaga tegishli bo`lgan hamda ta`lim 1 Қ – М.: «Народное образование» 1978, с.13; maqsadiga erishish ijtimoiy-pedagogik jihatdan asoslanishi lozim. 2. Tizimlilik – pedagogik texnologiyalar pedagogik tizimning barcha jihatlarini – mantiqiy jarayonni, unsurlarining o`zaro aloqasini, yaxlitligini o`zida aksi ettirishi lozim. 3. Boshqaruvchanlik – o`qitish jarayoni maqsadini tashxislash, rejalashtirish, loyihalash imkoniyatlarini, natijalarini kor-rektsiyalash uchun bosqichma-bosqich tashxislash, vosita va usullar o`rnini muntazam alamashtirishni taqozo etadi. 4. Samaradorlik – zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobat sharoitida mavjud bo`ladi va natijalar bo`yicha samarali, sarf (kuch, mehnat, vaqt – mualliflar) bo`yicha eng maqbul bo`lishi, o`qi-tishning ma`lum andozasiga erishishni kafolatlashi lozim. 5. Takroriylik - loyihalangan pedagogik texnologiyalarning qo`llanish doirasini boshqa ta`limiy muassasalarga, boshqa sub`-ektlarga ko`chirish va kengaytirishni taqozo etadi. Bu mezonlarga tayangan holda pedagogik texnologiyalarga quyi-dagicha ta`rif beramiz: “Pedagogik texnologiya o`qituvchining o`qi-tish vositalari yordamida o`quvchi-talabalarga muayyan sharoitda va ma`lum ketma-ketlikda ta`sir etishi va aks ta`sir mahsuli sifa-tida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini tezkor shakl-lantirishni kafolatlaydigan jarayondir”. Biz bu erda “muayyan sharoit” deganda talabalarga qo`yilgan tashqi shart-sharoitlar yig`indisi – o`qitish shakllarini, ma`lum “ketma-ketlik” deganda esa o`qituvchi tomonidan qo`llanilayotgan faol o`qitish metodlarini nazarda tutamiz. Aslida bu ta`rif aso-sida ishlab chiqarishga xos bo`lgan texnologik jarayon yotadi. Uning maqsadi – berilgan (loyihalangan) namunada mahsulot olishdir. Pedagogik texnologiyalar ham oldindan belgilangan o`quv maqsadlariga erishish uchun o`qitish jarayonining barcha bog`liq unsurlari-ni tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, uning bosqichlarini ko`-rish, joriy etish sharoitlarini aniqlash, imkoniyatlarini chamalashga qaratilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda pedagogik texnologiya-larning ikki jihatini alohida qayd etish lozim: – u oldindan loyihalanadi; – yakuniy natijani kafolatlaydi. Bu printsiplarni izohlashga harakat qilamiz: ma`lumki, ish-lab chiqarishda har qanday mahsulot muayyan texnologik xarita yor-damida tayyorlanadi. Texnologik xarita – bu foydalanilayotgan vo-sitalar ko`rsatilgan holda harakatlar ketma-ketligining qadami, bosqichlari ifodalangan jarayon yozilmasidir. Bu jarayon ko`p hol-larda grafik shaklda beriladi, texnologik xaritada texnologik chizmalar – texnologik jarayonning shartini ifodalaydigan man-tiqiy bog`lanishlar mavjud bo`ladi. Demak, har bir fan mavzusi uchun texnologik xarita tayyorlani-shi, unda o`qituvchi, talaba va o`quv materiallari, vositalarining o`zaro harakatlari qadam-baqadam aks etishi lozim. Bunda sub`ekt-ning xatti-harakati ma`lum o`quv vaqti bilan ilgarilanadi. Bosh-qacha aytganda, o`qituvchi pedagogik jarayonga kirishishi uchun o`zida didaktik masalalarni aniq tasavvurlashi va berilgan vaqt doira-sida talabaning o`quv – bilish faoliyatini tashkil etishi va bosh-qarishini texnologik xarita – loyiha asosida amalga oshiradi. Pedagogik texnologiyalar o`zining ta`lim amaliyotida qo`llani-lishiga ko`ra uch ierarxik darajaga ega: 1. Umumpedagogik texnologiyalar - pedagogik tizim loyihasi sifatida mavjud bo`ladi va ko`proq muayyan mintaqa, ta`lim muassa-sasi, ma`lum o`qitish bosqichidagi yaxlit ta`lim jarayonini tas-niflaydi. Bu jarayon “o`qituvchi – moddiy muhit – talaba” funktsio-nal tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. 2. Xususiy predmetli pedagogik texnologiyalar “xususiy meto-dika” ma`nosida qo`llaniladi, ya`ni ta`lim va tarbiyaning aniq maz-munini joriy etish metodlari va vositalari yig`indisi sifatida bir predmet, sinf (aditoriya), o`qituvchi doirasida qo`llaniladi. Ular ko`p hollarda “o`qitish texnologiyalari” deb yuritiladi va ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi muayyan o`quv materialini o`zlashtirish yo`lini aniq texnologiya bilan ko`rsatib beradi. 3. Lokal (modulli) texnologiyalar o`zida o`quv jarayonining alo-hida qismlari, o`quv elementlariga doir masalalarni aks ettiradi. Masalan, biror mavzuni o`rganish uchun o`nta o`quv elementining ro`y-xati tashxislanuvchan maqsad sifatida keltiriladi. O`qituvchi shu-lardan ayrimlarini pedagogik texnologiyaga murojaat qilgan holda talabalarning o`zlashtirishiga sharoit tug`diradi, qolgan o`quv unsur-lari odatdagi metodika bilan ish ko`rganligini payqash qiyin emas. Bugun oliy ta`lim tizimida o`quv-tarbiya jarayonining ko`plab variantlari mavjud: muammoli ta`lim, algoritmli ta`lim, taba-qalashtirilgan ta`lim, komp`yuterli ta`lim, masofaviy ta`lim va hokazo. Biroq, bu texnologiyalar o`z maqsadi, mazmuni, bosqichlari, qo`llanilayotgan metod va shakllari bilan umumiy yaqinlik, o`xshash-lik kasb etadi. Shu boisdan keyingi vaqtlarda pedagogik texnolo-giyalarni tasniflashga oid urinishlarni kuzatish mumkin (G.K.Selevko, M.A.Klarin va boshqalar). Olimlar tasniflash asosida tur-licha ilmiy nazariyalarni qabul qilishyapti. Shulardan biri mav-jud ta`lim tizimini modernizatsiyalash yo`nalishlari bo`yicha tasniflash hisoblanadi (G.K.Selevko):. 1. Pedagogik munosabatlarni xalqchillashtirish va demokrat-lashtirish asosida (e.N.Il`ina, Sh.A.Amonashvili): pedagogik ham-korlik, haqchil-shaxsiy texnologiya va boshqalar. 2. O`quvchi (talaba)lar faoliyatini jadallashtirish va demok-ratlashtirish asosida o`yin texnologiyasi, muammoli ta`lim, V.F. Shatalov texnologiyasi va boshqalar. 3. O`quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish asosida (S.N.Lesenkov, V.P.Bespal`ko, V.D.Shadrikov, V.K.D`yachenko): das-turli ta`lim, tabaqali ta`lim, komp`yuterli ta`lim va boshqalar. Bu texnologiyalar birmuncha ommabop hisoblanib, bugun ama-liyotga kirib ulgurganligi bilan ko`pchilikka tanish bo`lishi mum-kin. Yuqorida ta`kidlanganidek, ular zamirida an`anaviy o`qitish tizimi yotadi va uning imkoniyatlaridan foydalanish har bir peda-gog uchun mas`uliyatli vazifadir. Ma`lumki, har qanday ta`limiy texnologiyalar asosini belgi-langan vaqt doirasida amalga oshiriladigan didaktik jarayon tash-kil etadi. Jarayon bu pedagogik hodisa va pedagogik faoliyat akti sifatida ta`lim tizimi holatini almashishidir. Uni pedagogika fanida qabul qilingan quyidagi ramziy tenglama yordamida ifo-dalash mumkin: Dj = M+O`f+B, bunda; Dj-didaktik jarayon, M-talabaning o`qishga bo`lgan mo-tivatsiyasi; O`f-talabaning o`quv faoliyati; B-o`quv faoliyatning boshqarilishi. Pedagogik texnologiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Avtoritar texnologiyada pedagog o`quv-tarbiya jarayonining yagona sub`ekti hisoblanib, talaba bor yo`g`i “ob`ekt”, bo`ysunuvchi shaxs. Bu texnologiya talaba tashabbuskorligini va mustaqilligini chegaralab qo`yishi jarayonning qat`iyatliligi bilan ajralib turadi. 2. Didaktikotsentrik texnologiyada ham “sub`ekt” nisbati o`qi-tuvchi va talaba faoliyatida ustunlikka ega bo`lish bilan birga di-daktik vositalar asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirishga e`tibor qaratiladi. Bu erda talaba shaxsiga, uning namoyon bo`li-shiga mutlaqo e`tibor qaratilmaydi, ta`lim-tarbiyadan ustuvor hisoblanadi. Didaktotsentrik texnologiyalar texnokratik tavsifga ega, u vositaning maqsadi texnikaning inson qadriyatlari ustidan ustunligi qoidasiga bo`ysunadi. 3. Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar aynan shaxs manfaa-tini qanoatlantiradi, mamlakatimizda belgilangan ta`lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi – mustaqil fikrlovchi shaxslarni shakl-lantirishga keng imkoniyatlar yaratadi, milliy ta`lim modeli tuzilmasiga mos keladi. Uning asosida talaba shaxsi nafaqat sub`-ekt, balki ustuvorli ob`ektga aylanadi, rivojlanish uchun daxlsiz, ziddiyatsiz sharoitlar ta`minlanadi. O`qituvchi va talabaning teng hamkorligi butun o`qitish davrida kuzatiladi: mavzu maqsadini ishlab chiqish, mazmunini saralash, jarayonni boshqarish, baholash ijodiy harakatga aylanadi. Demak, o`zida aniq o`rnatilgan didaktik masalalarni va ularni echish texnologiyalarini mujassamlashtirgan pedagogik tizim shaxsga yo`naltirilgan ta`lim hisoblanadi. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim barcha turdagi ta`limlarni yo`naltirish bo`yicha integratsiyalashni ta-qozo etadi. Integral pedagogik texnologiyalar o`z navbatida talaba-larning mustaqil fikrlashini ta`minlashga kafolat beradi. Ta`lim texnologiyasi aniq pedagogik g`oya asosida ishlab chiqilib, uning negizini quyidagilar tashkil etadi: (1) muallifning aniqlangan metodologik, falsafiy yo`nalishi; (2) pedagogik, psixologik va ijtimoiy fanlar hamda pedagogik amaliyot-kontseptual asoslari. Ta`lim tizimi boshqa barcha horijiy mamlakatlar singari falsafa, psixologiya va pedagogikada insonparvarlik yo`nalishidagi printsiplar asosida tuziladi. Pedagogikada bu yo`nalishning asosiy farq qiladigan jihati shundaki, bunda ta`lim oluvchining o`zligi, uning shaxsi, mustaqil tanqidiy fikrlashini ongli rivojlanishiga aniq yo`naltirilgan, ularning xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olgan har bir ta`lim oluvchining mustaqil bilish faoliyatiga e`tiborida hisoblanadi Ta`limni texnologiyalashtirish g`oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta`limni texnologiyalashtirish g`oyasini ilgari surgan. U ta`limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya`ni hamma narsa, nimaga o`qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo`lsin. Natijaga olib keluvchi, o`quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun: aniq qo`yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan. Ta`lim nazariyasi va amaliyotida o`quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko`rilgan. Ular o`z ifodasini an`anaviy o`qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan. Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya «o`qitishning texnik vositalari yoki komp`yuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo`llash, shuningdek qo`llanilayotgan usullarni baholash yo`li orqali ta`lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo`llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir» . Barcha ta`lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo`liga o`tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi: uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta`lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma`lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo`l va vositalarini bo`lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan); yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo`naltirilganligini; ta`lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo`yilgan ta`limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta`minlaydigan ishlab chiqarish-texnologik jarayonining mukammal, aniq yo`lga qo`yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish; uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta`lim jarayonini boshqaruvchanligi. Ta`limga texnologik yondashuv va “ta`lim texnologiyasi” tushunchasi ma`nosining uzluksiz o`zgarishi Davr Texnologik yondashuvning namoyon bo`lishi “TT” tushunchasi ma`nosi XVII asr XVII asrda Yan Amos Komenskiy, shunday ta`lim mexanizmi, ya`ni “vaqt, narsalar va usullar” mohirona taqsimlansa, uni to`g`ri tuzish va undan to`g`ri foydalanilganda kutilayotgan natijani bersa, ya`ni uni «didaktik mashina» deb nomlab, u ustida izlanish olib borgan «Didaktik mashina» 50-yillarning o`rtasi AQShning Indiana universitetida talabalarga eshitish va ko`rish (audiovizual) ta`limi bo`yicha ma`ruzalar o`qilgan, 1946y. – shu yerning o`zida eshitish va ko`rish (audiovizual) ta`limi bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash kursi: ishlab chiqarishni rejalashtirish, eshitish va ko`rish (audiovizual) vositalarni ishlatish va ular sifatini baholash, shu vositalarni qo`llab o`quv jarayonini boshqarish dasturlari kiritildi. 1954y. – professor B.F. Skinner tomonidan ishlar taqsimoti (mavzu-qadam-xodimlar) bo`yicha o`rgatishning muntazamli texnologiyasini o`zida namoyon etuvchi, dasturlashgan ta`lim modeli (DT) asosladi. Qaytar aloqani nazarda tutuvchi: har bir bajarilgan ishning to`g`riligini tezkor baholash va agarda keyingi qadamga xatolik bo`lsa qaytarish deb ta`kidlagan. “Ta`limda texnologiyalar” - “... ma`lumotga ega bo`lish sohasida zamnamizning bo`lagi bo`lgan kashfiyotlar, sanoat mahsulotlari va jarayonlarini qo`llash” (M. Klark). Pedagogik maqsadlarda axborotni taqdim etishda eshitish va ko`rish (audiovizual) vositalarini qo`llash. 50 – 60 –yillar o`rtasi 1958yo. –N. Krauder bir qator berilgan va javoblarni to`g`riligiga bog`liq ravishda qaytar aloqaga muvofiq javoblarni ko`p tanlash DT kengaytirilgan chizmasini taklif etdi. «O`rgatuvchi texnologiya» (D. Finn,1959) – pedagogik maqsadda maxsus yaratilgan eshitish vositalaridan foydalanish va ulardan foydalanish uslubiyoti. 70 -80 - yillar Ta`lim texnologiyasini ilmiy asosini axborot, telealoqa nazariyasi, pedagogik kvalimetriyasi, tizimli tahlil, bilish jarayonini boshqarish nazariyasi, ta`lim jarayonini qulaylashtirish, pedagogik mehnatni ilmiy tashkillashtirish va boshqalar. Eshitish vositalarining yangi turlari: videomagnitofon, aylanmali kadroproektor, elektron va bloknotli yozuv taxtasi va boshqalar chiqara boshladi. Ta`lim texnologiyasi muammolari bo`yicha Halqaro anjumanlarda ta`lim texnologiyasiga umumiy mohiyat taklif etildi. TT qo`llanish sohasi - (1) o`qitishning “Ta`limiy texnologiya” TT - “ta`lim texnik vositalari yoki komp`yuter sohasidagi” izlanishlar emas; bu ta`lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo`li bilan, tuzilmaga keltirish hamda yo`l va materiallarni qo`llash yo`li bilan, shuningdek qo`llanilayotgan usullarni baholash orqali ta`lim jarayonini eng maqbullashtirish printsiplarini aniqlash va yo`llarini ishlab chiqish maqsadidagi izlanishdir”. texnik vositalari, (2) ma`lumot olish muammolariga tizimli yondashishi. “Birinchi soha o`qitish vositalarida texnika yutuqlarini amalga oshirish bilan, ikkinchi soha esa, pedagogik nazariyani rivojlanishi bilan, ularni tashkillashtirishning umumiy nazariyasi birlashtirishi lozim bo`lgan ilovaga bog`liq, ya`ni ta`lim muammolariga tizimli yondashishdir ”. P.D.Mitchel (1970 y.) TT bo`yicha manbalarni tahlil etishi natijasida TT ma`nosi va pedagog-texnologlar vazifasi asosini shakllantiradi: “Kutilayotgan pedagogik natijalarni olish uchun inson, moddiy va moliyaviy manbalarni maqbul taqsimlash”. TT pedagogikada nazariy bilim sohasi deb qabul qilinishi: “TT muammolarining nazariy tadqiqotlarini ishlab chiquvchi oqim, mohir texnologlarning yangi avlodi paydo bo`ldi” (M. Eraut). “Faqat sodda odamlargina, texnologiyani - faqat moslamalar va o`quv materiallar majmui deb hisoblaydilar”. Bu bundan ko`prog`ini angalatadi. Bu tashkillashtirish yo`li, bu materiallar, insonlar, tashkilot, modellar va tizim turidagi “inson-mashina” to`g`risidagi tasavvur. Bu muammoning iqtisodiy imkoniyatlarini tekshirish. Bundan tashqari, texnologiya fan, san`at va inson qadri o`zaro harakatiga muhim bo`lgan aloqaga ega. TT “Ta`lim vositasi”ning sinonimii hisoblanmasdan, u fanlararo xilma-xil tasodiflar yig`indisi, ta`limning barcha jihatlari bilan bog`liq bo`lgan, qisqa ta`limiy lavhadan to uning barcha harakatlaridagi milliy tizimlari hisoblanadi” – D. Finn, London, 1978 y. 80 - yillarda TT to`g`risida Rossiya olimlarining birinchi nashrlari paydo bo`ldi: “... horijiy tajribalar hozir bizda yaxshi ma`lum bo`lmay turibdi. Lekin TT eshigimizni taqillatayapti” (Klarin, 1989). (Mejdunarodnыy ejegodnik potexnologii obrazovaniya i obucheniya – London – N`yu - York, 1978 g. “TT dastlabki mohiyati pedagogik maqsadlarda muloqot qilishning eshitish va ko`rish vositalari, ko`rsatuv, komp`yuter va boshqa turdagi “yumshoq” va “qattiq” vositalardan foydalanishni anglatgan. Yangi va kengroq ma`noda esa, - ta`lim olish shakllarini maqbullashtirishni o`z vazifalari deb qo`yuuvchi, butun ta`lim berish jarayonini hamda bilimlarni texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda o`zlashtirsh va ularning o`zaro harakatini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli usulidir”. (YuNeSKO, 1986 y.) «Pedagogik texnologiya» – atamasi pedagogika fanida vujudga keldi. 90-chi yillar TT muammolarini: V.P. Bespal`ko, V.Guzeev, V. Klarin, V Monaxov, G. Selevko, S.Saidaxmedov, J. Yo`ldoshev, S. Usmonov, M.Ochilov va boshqalar ishlab chiqdilar. XXI asrning 1-o`n yillari “Pedagogikaning predmeti inson tabiati (bog`liq bo`lgan) va o`quv-tarbiyaviy harakatlarining samarasi o`rtasidagi qonuniyatli munosabatlar hisoblanadi”. Bir qancha uslubiyotlardan “tanlash huquqi” o`rniga, ilmiy, tabiatga oid pedagogika berilgan yoki insonni to`g`risidagi aniq bilimlari asosida mavjud sharoitlar uchun harakatlanishning maqbul yo`llarini ongli loyihalashni taklif etadi. Ma`lumki, muammoning bunday berilishida pedagogika “tajribani umumlashtirish” va “omma ijodkorligi” botqog`idan ilmiy izlanish maydoniga va yuqori asosli psixologiya – pedagogika muhandisligiga o`zgaradi. Ushbu matn parchasida TT - berilgan sharoitda pedagogik vazifalarga maqbul erishish yo`llaridir. Berilgan sharoitda maqbullik - texnologiyani hammabop tizimli belgisi. “Pedagogika ____ uchun texnologiya ma`nosiga alohida, hech nimaga o`xshamaydiganlar, shuningdek unga texnik takrorlanish ma`nosini o`ylab topishga hech qanday sabab yo`q. Mohiyati bo`yicha mavjudlik va ishlab chiqarishlik, ijtimoiylik, insonshunoslik va texnologiya vazifalarini berilishidek qabul qilish kerak” (A.M.Kushnir, 2004 y.).