Hamkorlik ta’limi texnologiyalari – o’quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o’zlashtirishlari, o’zaro rivojlanishlari, shuningdek, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ta’minlovchi ta’limiy xarakterdagi texnologiyalar.
HTT ning g’oyalari o’tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. HTT talabalarda intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosilqilish maqsadini ilgari suradi. HTT “Cooperative learning” dan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali talabalarning jamoada faoliyat yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
HTTning tarkibiy elementlari: 1. Tayanch konspekt (fizik, matematikvakimyoviyformulalar, tezislar, izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar)dan foydalanish.
2. Bilimlarnitestasosidasinovdano’tkazish.
3. Talabalarningo’zlashtirishko’rsatkichlarinibaholash.
HTTtamoyillari:
juftlikvakichikguruha’zolariningo’zarobirligi;
juftlik va kichik guruhda har bir a’zoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi;
kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o’quv-bilishfaoliyatinitashkiletish;
guruhvajamoaishiningumumiybaholanishi.
HTTning belgilari: - talabashaxsi, individualligigae’tiborqaratish;
- tayyor bilimlarni o’zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqishni inkor qilish;
- talabalardamustaqilvatanqidiytafakkurnirivojlantirish;
Strategiyani qo’llashda talabalarning mavzuni puxta o’zlashtirganliklari, o’zlari ega bo’lgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo’lishlari muhim sanaladi.
Innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari.Zamonaviy sharoitda nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga talabalarning o’quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanilmoqda. Ayni o’rinda ana shunday vositalardan ikkitasi – o’quv portfoliosiva “Assesment” texnologiyasi to’g’risida to’xtalib o’tiladi.
So’nggi yillarda zamonaviy ta’limda pedagogning kasbiy, talabaning esa o’quv faoliyatini mazmunan takomillashtirish, shuningdek, har ikki faoliyat turining sifatini ma’lum ko’rsatkichlar asosida yetarlicha, xolis baholashga nisbatan ehtiyoj kuchaymoqda. Portfolio pedagog hamda talabaning faoliyatiga bilvosita bahoberish, qay darajada sifatli va samarali ekanligini tahlil qilish imkoniyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Qolaversa, portfoliolar pedagog va talabalarga ularning shaxsi, faoliyati bilan turli ekspertiza (tekshiruv) lar jarayonida komissiya a’zolarini bilvosita tanishish imkoniyatini beradi.
“Portfolio” inglizcha so’z bo’lib, “portfel” yoki “portfellar to’plami” ma’nosini anglatib, avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to’plami sanaladi. Bu kabi to’plam ham pedagog yoki talabaning shaxsi, faoliyatining turlari, erishilgan yutuqlari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni berishga xizmat qiladigan individual papka sanaladi. Umuman olganda, portfolio har bir pedagog yoki talabaning maksimal darajada erishgan yutuqlari, ularning ijodiy imkoniyatlari, qiziqish hamda qobiliyatlarini yoritadi. Boshqacha aytganda, portfolio pedagog yoki talaba uchun o’ziga xos reklama.