Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə73/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
Ushbu o’quv

Tayanch tushunchalar: ta’lim turi, ta’lim turlari, zamonaviy ta’lim turlari, ta’lim shakli, ta’limning tashkiliy shakllari.
Zamonaviy ta’lim turlari. Ta’lim taraqqiyotining turli davrlarida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning xilma-xil turlaridan foydalanib kelingan. Xo‘sh, “ta’lim turlari” tushunchasining o‘zi qanday ma’noni anglatadi?

Ta’limturlari – ta’limmazmuni, ta’limningtashkiletilisho‘rni, bosqichi, qo‘llaniladiganvositalarivata’limoluvchilarningyoshigako‘rafarqlanuvchita’limko‘rinishlari, shuningdek, o‘quvjarayoninitashkiletish, amalgaoshirishganisbatanturlicha, o‘zigaxosyondashuvlar


Umuman olganda, ta’lim taraqqiyotining turli davrlarida o‘qitish faoliyatining oddiy yoki murakkab tarzda tashkil etilganligiga ko‘ra ta’limning quyidagi turlaridan foydalanilganlikni aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir:



  • arxaik (ibtidoiy) ta’lim;

  • qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik) ta’lim;

  • avestiy (Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazmda – eramizdan avv. VII-VI asrlar) ta’lim;

- yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan av. V-I asrlar) ta’limi; bu davrda ta’limning suqrotcha suhbat (ta’lim oluvchini muammoli savollarga javob topishga undash asosida tashkil etilgan ta’lim) va dogmatik o‘qitish (bilimlarni yodlash va takrorlash) kabi turlaridan foydalanilgan);.

  • o‘rta asr ta’limi (V-XVI asrlarga taalluqli dogmatik, sxolastik ta’lim; unga ko‘ra ta’lim oluvchilarning faoliyatlari tinglash, o‘qish, yod olish, eslab qolish, matnni so‘zma-so‘z takrorlashdan iborat bo‘lgan);

  • zamonaviy (shaxsga yo‘naltirilgan) ta’lim.

So‘nggi yillarda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida o‘quvchi shaxsini faollishtirishga xizmat qiladigan ta’lim turlaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ular “shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim” deb nomlanadi.
Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr ta’lim oluvchilar, shu jumladan o‘quvchilarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin