Keys savoli. Huquqiy nuqtai nazaridan dars jadvallari qanday asosda shakllantirilishi zarur?
Foydalanish uchun manbalar. 1. Davlatvahuquqasoslari / Darslik. – T.: O’qituvchi, 1995. – 680 b.
2. Darsjadvalinituzishgaqo’yiladigantalabalar // http://idum.uz/archives/ 9947.
Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar. 1. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim muassasasining faoliyati to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqing. 2. Dars jadvalini shakllantirishga oid huquqiy-me’riy talablarni aniqlang. 3. Ularga tayangan holda dars jadvalini oqilona, to‘g‘ri shakllantirish mohiyatini yoriting.
O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi. Dars jadvali quyidagi holatlar asosida shakllantiriladi: 1) kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishiladi; 1) ta’lim muassasasining pedagog-xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigienik holati hisobga inobatga olinadi; o‘qituvchining vaqti imkon qadar tejalishi (ularga metodik ishlarni tashkil etish, o‘z ustilarida ishlashlari uchun haftada bir bo‘sh kunning bo‘lishi)ga erishish nazarda tutiladi.
Nazorat uchun savollar: 1“Keys -stadi” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2.Keysologning vazifasi deganda nimani tushunasiz?
3.Ta’limda keyslar necha turga bo’linadi?
4.“Keys –stadi” metodning asosiy elementlari?
5.Keys-stadining o‘zida muayyan jihatlarni aks ettiradimi?
6. Xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan keyslarning aksariyati ilmiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli ular murakkab tarkib tuzilmaga ega, qanday, ta’tiflang?
7.O‘quv keyslarini qanday tarkibiy tuzilma bo‘yicha shakllantirish mumkin: ?
8.Keys metodini taxlil qiling, taqqoslang, boshqa metodlardan farqi va o’xshash tomonlarini ajrating.
9.Keys – stadi metodini qanday tushundingiz?
10.Keys metodi asosida berilgan muammoga yechim toping.
13- ma’ruza; Mavzu; Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllari. Reja; Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllari
O’rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi o’ziga xos o’qitish shakllari