II. Ma’ruzaning xususiyatlari. Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo’yilgan maqsad, o’rganilayotgan fanning, mavzuning o’ziga xos xususiyatlari bilan bogiiq. Ma’ruza faqatgina pedagogik rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanasligi, balki fanning so’nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish yoilarini ham ko’rsatishi kerak.
Ma’ruza mashg‘ulotida o‘qituvchi tomonidan o‘qiladigan ma’ruza o‘zida quyidagi tamoyillarni namoyon etadi:
- qat’iymantiqiyizchillik;
- ketma-ketlik;
- uzatilayotganaxborotlarningko‘pligi;
- bilimlarbayoniningtizimliligi
Ma’ruza qanday fandan o’qilishidan qat’i nazar, ilmiy xarakterga ega boiishi, turli nazariy yo’nalishlar, ilmiy maktablaming asosiy g’oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o’qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo'yicha adabiyotlar tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Fan bo’yicha ishlab chiqilgan dasturga ko’ra, ma’ruza rejasi va reja bo’yicha matn tayyorlanishi hamda darsni o’tkazishda qoilaniladigan metodlarni tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini aniqlash lozim.
O ‘z mohiyatiga ko‘ra ma’ruza o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon qiladi :
Yuqorida bayon etilgan ma’ruza xususiyatlar quyidagi mazmunga ega:
1) yo‘naltirish:talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish, ularda mavzuning asosiy jihatlarini o‘zlashtirish ehtiyojini hosil qilish, qiziqishni hosil qilish;
2) axborot berish: o‘quv materiali negizida yoritilayotgan muammoning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini yoritishga doir asosiy dalillar keltiriladi, ularning aniq, isbotlangan bo‘lishiga e’tibor qaratiladi va xulosalar chiqariladi, buning natijasida talabalarda fikrlash, tafakkur yuritish qobiliyati rivojlanadi, dunyoqarash shakllanadi; ma’ruzaning ushbu funktsiyasi talabalarda ta’limning quyi bosqichi (I bosqichi)dan yuqori bosqichi (IV bosqich yoki magistratura davri)ga evolyutsion rivojlanib borish asosida mustaqil, erkin, tanqidiy va ijodiy fikrlash, kreativ g‘oyalarni ilgarni surish malakalarining rivojlanishiga yordam beradi;
3) metodologik: akademik bilim beriladi, ya’ni, talabalar tayanch, ilmiy tushunchalar mohiyatini aslidek bayon etishga odatlantirib boriladi; muammoning falsafiy-g‘oyaviy, nazariy asoslari bayon etiladi, tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi;
4) tarbiyalash: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlar – kamtarlik, jamoaviylik, insonparvarlik, mehnatga ijobiy munosabat, mehnatsevarlik, xushmuomalalilik, shuningdek, ijtimoiy-psixologik xislatlar shakllanadi;
Dostları ilə paylaş: |