IV. Ma’ruza mashg’ulotlarining tipologiyasi. O‘quv kursini qamrab olishga ko‘ra ma’ruza mashg’ulotlar bir necha turga ajratiladi. Ular quyidagi tipologiyada o’z ifodasini topadi (15-jadval):
Ma’ruza mashg’ulotining tipologiyasi
Xarakterli belgilari
Turlari
Muayyan kursga tegishliligiga ko’ra
1. Umumiy kurs bo‘yicha.
2. Maxsus kurs bo‘yicha ma’ruza
Kursninig davomiyligiga ko’ra
1. Kirish ma’ruzasi.
2. Asosiy ma’ruza.
3. Yakuniy ma’ruza.
4. Obzor ma’ruza
I. Muayyan kursga tegishliligiga ko’ra: 1. Umumiy kurs bo‘yicha ma’ruza o‘quv dastur asosida belgilangan mavzular bo‘yicha o‘quv rejasi bo‘yicha tashkil etiladi. Bu kabi shakldagi ma’ruzalar mavzular
asosida muayyan ketma-ketlikda yoki mavzular bloklarga ajratilgan holda o‘qiladi.
2. Maxsus kurs bo‘yicha ma’ruza o‘rganilayotgan fan yoki muammoning dolzarbligi asosida tashkil etiladi. Bu kabi shakldagi ma’ruzalar o‘quv yilining boshida o‘quv rejasidan o‘rin olmagan bo‘lishi mumkin. Biroq, ijtimoiy ehtiyoj, talabalarni kasbiy tayyorlash zaruriyati tufayli tashkil etiladi. Odatda, maxsus kurs bo‘yicha ma’ruzalar bir yoki ikki oyda yakuniga yetkaziladi. Talabalarning maxsus kurs bo‘yicha bilimlarning o‘zlashtirish darajasi sinov bilan yakunlanadi.