Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə85/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
Ushbu o’quv

2. Axborotli ma’ruza – muammoga doir ma’lumotlarni axborot tarzda taqdim etish uchun xizmat qiladi.
3. Anjuman-ma’ruza – talabalarda o‘quv materialini izlanish asosida o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi; ma’ruza mazmuni talabalarning savollari asosida yaratiladi; talabalardan yozma ravishda savollar berish so‘raladi, o‘qituvchilar 3-5 daqiqa ichida savollarni ularning mazmuni bo‘yicha tizimlashtirib, javob qaytarish asosida ma’ruzani tashkil etadi; bu kabi ma’ruzalar, odatda, bir necha ma’ruzachilar tomonidan o‘tkaziladi.
4. Muammoli-ma’ruza – mavzu masalalari muammoli savol, vaziyat va topshiriqlar yordamida bayon etiladi; unda real hayotdagi qarama-qarshiliklar, nazariy va amaliy vaziyatlarning qarama-qarshiligi, ya’ni ayrim hollarda nazariya va amaliyotni bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi talqin qilinadi, uning komponentlari va tashkil etuvchilari yoritiladi.
5. Ma’ruza-munozara – mavzu o‘zaro fikr almashish asosida o‘zlashtiriladi; o‘qituvchi talabalarga savollar beradi; talabalar tomonidan ularga javob qaytarilayotgan vaqtda o‘qituvchi ular bilan erkin fikr almashishga harakat qiladi.
6. Konspektli-ma’ruza – talabalarga mavzuning eng muhim o‘rinlarini yozib borish imkoniyati beriladi.
7. Maslahat-ma’ruza – talabalarga oldindan o‘quv materiali berialdi va ular asosida savollar tayyorlash vazifasi topshiriladi; mashg‘ulot savol-javob tarzida tashkil etiladi; o’qituvchi talabalar diqqatini o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llashda duch kelinadigan muammolarga qaratadi va ularga savollar beradi; ma’ruzaning asosiy vaqti (o‘quv vaqtining kamida 50 foizi)da savollarga javob qaytaradi; mashg‘ulot yakunida kichik munozara tashkil etilib, erkin fikr almashishga erishiladi; mashg‘ulot o‘qituvchining yakuniy so‘zi bilan tugallanadi.
8. Binar-ma’ruza – mavzu muammosi bo‘yicha tadqiqot olib borgan mutaxassis (olim) bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Bunda har bir ma’ruzachi aniq rol o‘ynaydi. Masalan, biri ma’ruzachi sifatida ishtirok etsa, ikkinchisi tanqidchi, ekspert yoki muammolarni keltirib chiqaruvchi sifatida qatnashadi

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin