1-jadval. Seminar mashg‘ulotlarining tipologiyasi
Belgilari
|
Turlari
|
Yo‘nalishiga ko‘ra
|
1. Fan yoki kursni chuqur o‘rganishga qaratilgan seminar.
2. Asosiy yoki muhim muammo, mavzuni o‘rganishga yo‘naltirilgan seminar.
3. Fan yoki kursning dolzarb muammolarini o‘rganishga qaratilgan maxsus seminar
|
Xarakteriga ko‘ra
|
1. Nazariy seminar.
2. Amaliy seminar.
3. Tadqiqot xarakteridagi seminar.
4. Evristik seminar.
5. Refleksiv xarakterdagi seminar
|
Tashkiliy shakliga ko‘ra
|
1. Seminar-ma’ruza.
2. Seminar-dialog.
3. Seminar-munozara.
4. Seminar-namoyish.
5. Seminar-trening
|
Ma’ruza mashg‘ulotlari kabi seminar mashg‘uloti ham ma’lum bosqichlarda kechadi. Ular :
Kirish. Dars mavzu yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotida o‘zlashtirilgan asosiy muammo va tayanch tushunchalarni yodga olish bilan bogianadi. Keyin mashg‘ulotda muhokama qilinadigan mavzu e’lon qilinadi. Seminarning mavzusi, rejasi, maqsadi hamda muhokama qilinadigan savol (muammo)lar ro’yxati bayon qilinadi. Kirish qisqa va aniq bo‘lishi lozim.
Muammolarni muhokama qilish. Bu bosqich seminar rejasiga ko’ra tanlangan dars o’tish metodlarini qo’llagan holda o’tkaziladi. Talabalar ma’ruza mashg‘ulotida, shuningdek, mustaqil o‘qib asosida o‘zlashtirgan bilimlarini seminar savollari (muammolari) bo‘yicha bayon qilishadi.
Seminar bayonida talabalar maqsadga muvofiq metodik usullarni qo‘llash asosida bir-biriga bog‘liq masalalar, dalillar tizimini keltirishga, har bir nazariy fikr asoslashga e’tibor qaratishi lozim. Har bir dalil va izohlar maqsadga erishishga yo‘naltirilishi, asosiy g‘oya, mazmun va ilmiy xulosalar yoritilishi kerak. Odatda har bir seminarda ikkitadan to‘rttagacha masala hal qilinadi; ba’zan har bir masala o‘z ichiga bir nechta kichik masalalarni ham oladi.
Yakun. Seminar mashg‘ulotiga yakun yasalib, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar, hodisalar ta’kidlanadi. Qo’yilgan maqsadga qay darajada erishilganligi tahlil qilib, baholanadi.
Seminarning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko’rsatilishi shart:
mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;
ma’ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;
talabalarda bilishga va o'rganishga qiziqish uyg’otuvchi hamda o'zlashtiruvchilarni nazorat qilish imkonini bemvchi savollar turkumini keltirilishi
OTMda ko‘p holatlarda seminar mashg‘uloti bahs-munozara asosida tashkil etiladi. Talabalarning mashg‘ulot jarayonida faol ishtirok etishlari uchun ularning fan asoslariga doir o‘quv manbalari bilan yetarlicha ta’minlanishlari ham muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, seminarda faol ishtirok etish uning nutq madaniyatini, mustaqil fikr yuritish, o‘z fikrini dadil ifodalash, shaxsiy mulohazalarni himoya qilish hamda munozarada samarali ishtirok etish malakasini shakllantiradi, o‘z kuchiga ishonchni hosil qiladi. Shuningdek, jamoa bilan birga ishlash tajribasiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Asosan oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy to‘garak, anjumanlarda qo‘llaniladi.
Seminar mashg‘uloti talabalarning bilim olishlari, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo‘llashni o‘rganishlarida alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham seminar mashg‘ulotini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan uslublarni qo‘llab dars o‘tish muhim ahamiyatga ega.
Ma’ruzada odatda ko‘proq o‘qituvchi tomonidan hikoya va tushuntirish metodlari qo‘llaniladi. Talabalar darsda sust ishtirok etadi. Seminar mashg‘ulotlarida esa turli metodlarni qo‘llash orqali talabalarning faolligini oshirish imkoniyati keng bo‘lib, talabalar ma’ruza, kitob, jurnal va hokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qo‘llanadigan metodlar turlicha. Ularning samaradorligi u yoki bu metodni tanlash o‘rganilayotgan fanning xususiyati, o‘tilayotgan mavzu, mashg‘ulotning maqsadi hamda tanlangan metodning qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzu savollarini ma’ruzada ko‘tarilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Ba’zan ma’ruzada o‘rganilgan mavzu seminarda ham muhokama qilinadi. Ayrim vaziyatlarda seminar mashg‘uloti va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Bordi-yu, mavzuni mustaqil o‘rganish uchun adabiyotlar va manbalar yetarli bo‘lsa, seminarda ana shu mavzuni muhokama qilish mumkin. Bunday usul, ayniqsa, mavzuni o‘rganish uchun vaqt yetishmagan paytda qo‘l keladi.
OTMda seminar mashg‘ulotini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun, eng avvalo, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish talab etiladi. Adabiyotlarni o‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi metodlar asosida o‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Auditoriyada muhokamani jonli, jo‘shqin tashkil etishga imkon beradigan savollarning qo‘yilishi natijasida mavzu talabalar tomonidan chuqur o‘rganiladi.
Shu sababli bu kabi savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishini ta’minlashda savollarning murakkab bo‘lishiga erishish va alohida savollardan savollar tizimiga o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bu esa qo‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uni yechish imkoniyatini kengaytiradi.
Mavzuni o‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Talabalarni mavzuni u yoki bu tayanch tushunchalarni qay darajada tushunganlarini sinash, puxta o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun muhokama qilinayotgan savol, muammolarni talabalar bilan birgalikda tahlil qilish, ular asosida mini testlarni o‘tkazish mumkin.
Seminarlar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
Yuqorida bayon etilgan ma’ruza funktsiyalari quyidagi mazmunga ega:
Dostları ilə paylaş: |