1) ta’lim berish: ma’ruzalar jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish, mustaqil ishlash orqali ularni boyitish, o‘zida umumilmiy va kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga nisbatan javobgarlik, o‘z-o‘zini rivojlantirib borish ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lish;
4) tarbiyalash:talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlar – kamtarlik, jamoaviylik, insonparvarlik, mehnatga ijobiy munosabat, mehnatsevarlik, xushmuomalalilik, shuningdek, ijtimoiy-psixologik xislatlar shakllanadi;
3) rivojlantirish:talabalarda adabiyotlar, manbalar, dalillar bilan ishlash, ularni tahlil qilish hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
4) tashhislash va korrektsiyalash: talabalarningmavzularni o‘zlashtirganlik, ularda kasbiy ko‘nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini tahlil qilish; yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash.
Seminar mashg‘ulotlari talabalar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ish bilan uyg‘un bo‘lishi zarur.
1-kurs talabalari bilan birgalikda ma’ruza-seminar o‘tkaziladi. Uning asosiy vazifasi – talabalarda darsliklar, dastlabki manbalar bilan ishlash, abstrakt tadqiqotlar o‘tkazish, tezislar, ma’ruzalar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlash qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Dastlabki seminarlar vaqtida o‘qituvchi talabalarga quyidagilar haqida ma’lumot berishi zarur:
- ma’lumotlar – matnlar, axborot manbalarida yoki mualliflar tomonidan bildirilgan qaydlar;
- nutq rejasi – ta’limning asosiy mazmunini aks ettiradigan aniq shakllangan, izchillikli fikrlarning to‘plami;
- tezislar – matnning qo‘shimcha tushuntirishdan holi asosiy qoidalari;
- qisqacha ma’lumot – manbalardan olingan axborotlar yuzasidan qisqa bayon.
Seminar-sharhlar talabalar tomonidan muayyan ilmiy ishlar natijalarini qayta ishlashda tayyorlanadi. Ularning vazifasi talabalarda ilmiy matnni tahlil qilish va to‘g‘ri talqin qilish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Bunday seminarlar birinchi-ikkinchi kurslarda samarali sanaladi, yuqori kurslarda ulardan deyarli foydalanilmaydi.
Birinchi bosqichda talabalarga o‘zlarining mustaqil ishlarini ummulashtirish, aqliy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish talab etiladi. Masalan, ularning e’tiboriga quyidagi tavsiyalarni havola qilish mumkin:
1. Har kuni bir vaqtning o‘zida mustaqil ishlash asosida o‘zingizda doimiy ravishda fikrlash ko‘nikmasini shakllantiring!.
2. Aqliy mehnat va dam olishning o‘zarol mutanosib bo‘lishiga erishing! Bu sizga aniq va bir maromda samarali ishlash imkonini beradi.
3. Bir maromda samarali ishlash aqliy mehnatni va dam olishni to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyatga egaligini yodda tuting!
4. Har kuni bajaradigan ishlaringizni aniq belgilang va istiqbolni ham unutmang! Murakkab ishlarni bajarishda ularni alohida qismlarga ajratib oling! Shundagina uni samarali bajarasiz.
5. Dam olish vaqtida jismoniy tarbiya va sport yoki jismoniy mehnat bilan shug‘ullaning!
6. To‘laqonli uxlashga odatlaning! Chunki u tananing biologik ehtiyojini qondirishga yordam beradi.
7. Ish joyingizni tartibli tuting! Bu ish faoliyatingizni yaxshilaydi.
8. Har kungi ishlaringizning natijalari bo‘yicha xulosa chiqarishni unutmang!
9. Aqliy mehnatning har bir natijasini yozma bayonot shaklida qayd etib boring! Yodingizda bo‘lsin: “O‘z vaqtida yozib qo‘yilmagan fikr, g‘oya yo‘qolgan xazinadir” (D.I.Mendeleev)9. Seminar mashg‘ulotlari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega
1. Seminar mashg‘uloti mavzusi.
2. Seminar mashg‘uloti rejasi.
3. Tayanch tushunchalar.
4. Seminar mavzusi bo‘yicha savol (muammo)lar.
5. Seminar savol (muammo)lari bo‘yicha talabalarning chiqishlari.
6. Chiqish yuzasidan savol-javoblar (savollar ham o‘qituvchi, ham talabalar tomonidan berilishi mumkin).
7.Ma’ruzachi talabalarning fikrlarini to‘ldirish.
8. Mashg‘ulotning tashkil etish yuzasidan muhokama va xulosa