Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə97/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
Ushbu o’quv

Asosiyshakllar




II. Interfaol metodlarning turlari. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol
ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar11qo‘llanilmoqda (35-rasm):


1. Interfaol metod – o‘quv harakatlarini juftlik, kichik guruh yoki katta akademik guruh faoliyatini tashkil etish orqali aniq belgilangan ta’limiy maqsadga erishish yo‘li, usuli. Uni qo‘llashda qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda natijani avvaldan taxmin qilish imkoniyati yuzaga keladi.
2. Ta’lim strategiyalari. Lug‘aviy jihatdan “strategiya” tushunchasi “boshqaruvni to‘g‘ri, istiqbolli rejalashtirish san’ati” ma’nosini anglatadi. Shunga ko‘ra “ta’lim strategiyasi” tushunchasi lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra “ta’lim jarayonini, talabalarning o‘quv faoliyatini oqilona, to‘g‘ri, istiqbolli rejalashtirish”ni ifodalaydi. Agarda ta’lim metodi maqsadga muvofiq natijani aniq ko‘ra olish imkonini bersa, ta’lim strategiyasi esa interfaol metodlar sirasida uni qo‘llashda maqsadning natijalanishi talabalarning faoliyati asosida kafolatlanishini bildiradi. Masalan, “Gugurt donalari” strategiya sanaladi. Bordi-yu, o‘qituvchi ushbu ta’lim strategiyasini ta’lim jarayonida qo‘llashni rejalashtirsa ham uning qay darajada natijani qo‘lga kiritishga xizmat qilishini taxmin qila olmaydi. Chunki ta’lim strategiyasi qo‘llanilganda maqsadga mos natijaga faqatgina talabalarning faoliyati tashkil etilgandan keyingina, ularning faolliklari, juftlik, kichik guruh yoki katta guruhlarda ishlay olish tajribasiga egaliklari, o‘tilgan mavzuning chuqur o‘zlashtirganliklariga ko‘ra qo‘lga kiritiladi.
3. Grafik organayzer – o‘zining grafikli (jadval, diagramma, sxema, tasvir va hokazo) shakliga ega bo‘lgan interfaol metodlar sanaladi. Masalan, “Venn diagrammasi” ikkita bir-biri bilan kesishgan diagrammada, “Baliq skeleti” skelet tasviri, “Kontseptual jadval” esa jadval ko‘rinishdagi shakliga ega bo‘lib, o‘quv topshiriqlari ana shu grafikli (jadval, diagramma, sxema, tasvir va hokazo) shakli asosida bajariladi12.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin