O‘qituvchining yechimi 1. Sankt-piterburglik olim Georgiy Perelmanning bu harakati ma’naviy jasorat. Binobarin, haqiqiy olim va o‘z kasbining fidoiysi uchun moddiy mablag‘ emas, balki kasbiy e’tiqod asosiy o‘rin tutadi.
2. Qolaversa, Georgiy Perelman o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini ifodalar ekan, shunday javob bergan: “Men mukofotni teoremani ochish jarayonida olib bo‘ldim”. Bu ijod zavqi edi va uni hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Ijod zavqi shaxsni o‘z kuchiga ishonishga, o‘zini hurmat qilishga, hayotdan mamnun bo‘lishga o‘rgatadi.
Topshiriqli keys bayoni Buyuk notiq Demosfen zaif, jismonan nosog‘lom bo‘lib voyaga yetdi. U tovushlarni noaniq talaffuz qilar va duduqlanardi. Demosfenning mustaqil ravishda omma oldidagi birinchi va ikkinchi nutqlari to‘la barbod bo‘ldi. Omma uning nutqiga nisbatan norozilik bildirdi. Shovqin, kulgu va qichqiriqlar tufayli Demosfen o‘z nutqini yakunlay olmay qoldi. Buning asosiy sababi – Demosfenning nihoyatda past ovozda gapirganligi, nutqning tushunarsizligi, o‘zining tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishi va duduqlanishi edi. Buyuk notiq Demosfen nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun 4 yil harakat qildi.
Keys topshirig‘i: O‘z ustida, o‘z kamchiliklari ustida samarali ishlay olish bo‘yicha barchaga ulkan namuna ko‘rsata olgan Demosfenning buyuk notiq bo‘lib yetishishida samarali yordam bergan shakl, metod va vositalarni namuna sifatida berilgan ushbu jadval (“Ish qog‘ozi”) asosida ifodalang:
Ish qog‘ozi