Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Mavzu mohiyatini yorituvchi jihatlar



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə103/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
Ushbu o’quv

Mavzu mohiyatini yorituvchi jihatlar

Muhim belgilar, tavsiflar

1-belgi (tavsif)

2-belgi (tavsif)

3-belgi (tavsif)

1-jihat










2-jihat










3-jihat










...










Kontseptual jadval” GO yordamida aqliy rivojlanishdan ortda qolish darajalariga xos tavsiflarni yoritish





Oligofreniya darajalari

Muhim belgilar, tavsiflar

1-belgi tavsif)

2-belgi (tavsif)

3-belgi (tavsif)

Yengil darajadagi aqli zaiflik

Aqliy nuqson u darajada chuqur emas

Harakatchanlik, ish qobiliyatlari yetarlicha saqlangan

Nutqi sodda, grammatik jihatdan buzilgan, tili chuchuk

O‘rta darajadagi aqli zaiflik

Oddiy tushunchalarni hosil qila olmaslik

O‘quv materiali mazmunini ilg‘ab ololmaslik

So‘z boyligi
kam, nutqi sayoz, jumlalari kisqa

Og‘ir darajadagi aqli zaiflik

Idroki keskin rivojlanmagan

Borliqqa munosabati mo‘‘tadil emas

Nutqdagi nuqson
juda chuqur



7. “Qanday?” grafik organayzeri talabalarda o‘rganilayotgan mavzu, muammo yuzasidan umumiy tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga solish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Talabaning fikrlari chizmada ifoda etiladi.
Mashg‘ulotlarda grafik organayzerni qo‘llashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
1. O‘ylangan g‘oyalarni tahlil qilmay, baholamay tez bayon etish kerak.
2. Chizma tugallanmagan bo‘lib, unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin.
3. Agarda chizmada savol uning “shohlari”da bir necha bor qaytarilsa, unda u
biror muhimlikni anglatib, muammoning asosiy yechimi bo‘lishi mumkin.
4. Yangi g‘oyalar qanday ko‘rinishda bo‘lmasin yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga qayd qilib boriladi, buni o‘quvchilarning o‘zlari hal etadi.
5. Agar talabalar savollarni to‘g‘ri qo‘yib, masalaning rivojlanish yo‘nalishini ob’yektiv belgilay olsalar, u holda yechim to‘g‘ri topiladi.
Ta’lim jarayonida grafik organayzerni qo‘llash tartibi quyidagicha:

  1. O‘qituvchi tanlangan masalani e’lon qiladi.

  2. O‘qituvchi talabalarni mavzu va GOni qo‘llash qoidalari bilan tanishtiradi.

  3. Talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi.

  4. Kichik guruhlarga muayyan topshiriqlar beriladi

  5. Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa)da guruhlar topshiriqlarni bajaradi.

  6. Jamoa kichik guruhlarning yechimlari bilan tanishtiriladi.

  7. Jamoa tomonidan kichik guruhlarning ishlari muhokama qilinadi

  8. O‘qituvchi jamoaning fikriga tayanib, eng yaxshi ishni e’lon qiladi va mashg‘ulotni yakunlaydi.

Izoh: 1. Yangi g‘oyalar grafik, klaster, tasvir ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 2. Muammoning yechimi “Buni qanday bajarish lozim?”, “Qanday yo‘l tutish to‘g‘ri?” kabi savollariga javob topish asosida hal qilinadi. 3. Muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi yuzasida o‘ylanib qolmaslik lozim. 4. Savollarning izchil berilishi muhim ahamiyatga ega. 5. Metodni qo‘llashda muammoni yechish yo‘llarigina izlanmay, ulardan samarali foydalanish choralari ham o‘rganiladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin