1. O‘z-o‘zini rivojlantirish –
2. O‘z ustida ishlash –
4. Pedagogik tajriba –
Pedagogik tajriba to‘plash –
Faoliyat –
Pedagogik faoliyat –
Pedagogik faoliyatni rejalashtirish –
O‘zini o‘zi baholash –
O‘zini o‘zi tahlil qilish –
4. “Blits-so‘rov” metodi.Ta’lim jarayonida “Blits-so‘rov” metodi ham faol qo‘llaniladi. “Blits-so‘rov” (ingl. “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadi. Ta’lim muassasalarida bu metodga muvofiq savollar, asosan, o‘qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg‘ulot turi, o‘rganilayotgan mavzuning murakkabligi, talabalarning qamrab olinishiga ko‘ra belgilanadi.
Mashg‘ulotlarda metodni qo‘llash quyidagicha kechadi:
1. O‘qituvchi o‘rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqib, talabalar e’tiboriga havola qiladi.
2. Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda lo‘nda, aniq javob beradi.
3. Guruh (juftlik)da ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi (uning guruhdoshlari javobni to‘ldiradi, (biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim).
Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati o‘quvchi (talaba)lar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
“O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda aqliy, iqtisodiy va ekologik tarbiyaning o‘rni” moduli bo‘yicha