Nazorat savollari: 1. “Interfaollik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. Qanday metodlar interfaol metodlar sanaladi?
3. Interfaol metodlar qanday didaktik imkoniyatlarga ega?
4. Interfaol metodlarning qanday turlari mavjud?
5. Talabalarning nazariy bilimlarini aniqlashda qanday interfaol metodlarni samarali qo‘llash mumkin?
6. “Venn diagrammasi” grafik organayzeri qanday maqsadga xizmat qiladi?
7. “Klaster” qanday shakllantiriladi?
8. “Kontseptual jadval”da nima aks etadi?
9. “Qanday” grafik organayzeri bo‘yicha masala qanday hal qilinadi?
10. “Bilits-so‘rov” qanday metod?
11. “Blits-so‘rov” metodi savol-javob metodidan qanday farq qiladi?
O’quv topshiriqlari: Quyidagi keyslarning yechimini toping:
Savolli keys bayoni 200 yildan buyon hal qilinmay kelinayotgan Puankare teoremasining yechimini topganligi uchun (2008 yil) sankt-piterburglik 40 yoshli olim Georgiy Perelman jahon matematiklari uyushmasi tomonidan mukofot uchun belgilangan bir million AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni olishdan voz kechdi.
Keys savollari: Olimning bu harakatini ma’naviy jasorat deb baholash mumkinmi yoki aksincha manmanlik?
Sizningcha, olim o‘z xatti-harakatlarini qanday izohlagan?
Manba: Teorema Puankare // www.vikipediya.
Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar: Manbani toping va u bilan tanishib chiqing.
Olimning o‘z xatti-harakatiga munosabatini sinchiklab o‘qing.
Yechimni ifodalashga harakat qiling.
Yechimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni: Manba topiladi va u o‘rganib chiqiladi.
Olimning o‘z xatti-harakatiga munosabati sinchiklab o‘rganiladi.