Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


III. Interfaol metodlarning qo‘llanilishi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə98/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Ushbu o’quv

III. Interfaol metodlarning qo‘llanilishi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida 500 dan ortiq interfaol metodlar faol qo‘llanilmoqda. Quyida ular orasida eng ko‘p qo‘llanilayotgan interfaol metodlar hamda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
1. “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) grafik organayzeri mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. U talabalarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo‘llashda talabalar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg‘ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.
Grafik organayzerdan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi:
1. Talabalarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
2. Talabalarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi.
3. Talabalar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.
O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim












Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning tafsiloti qo‘yidagicha:
1) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi;
2) talabalarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi;
3) o‘quvchilar qayd etgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
4) talabalarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi;
5) talabalarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi;
6) o‘qituvchi talabalarga yangi mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni beradi;
7) talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
8) bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo‘yiladi;
9) mashg‘ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi” moduli bo‘yicha “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) grafik organayzerining qo‘llanilishi


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin