Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi. Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davridir. SHuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta`sir sistemasidir. Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg’a suruvchi usullar majmui bo’lib, ma`nan etuk, mustaqil fikrlovchi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. SHifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan maktabgacha tarbiya metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o’z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg’ularini uyg’ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga balki o’z ota-onasiga ham xissiz bo’lib qoladilar. Montesori metodikasi bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak. 1.Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish. 2.Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali xali to’liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to’liq rivojlanmagan bo’ladi. 3.Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish. 4.Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini oshirish. 5.Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o’z-o’ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish.
Yuqorida ko’rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa aqliy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat savollari; 1.mashg’ulot va faoliyat tushunchalariga ta’rif bering. 2. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi Qonun mazmunini so’zlashga tayyorlaning.