Nazorat savollari; 1.OTMning o‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar qanday o‘rin tutadi?
2. Amaliy mashg‘ulotlar qanday maqsadga xizmat qiladi?
3. Amaliy mashg‘ulotlar qanday xususiyatlarinibilib oldingiz?
4. Amaliy mashg‘ulotlari qanday didaktik imkoniyatlarga ega?
5. Bu shakldagi mashg‘ulotlarning qanday turlari mavjud?
6. Amaliy mashg‘ulotlarida qanday metod ustuvor ahamiyatga ega?
17-Ma’ruza Mavzu; Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mohiyati va tamoyillari. Rreja; 1.Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim va uning ahamiyati.
2. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning mazmun va mohiyati.
3. O’qitish texnologiyalarining rang barangligi
Tayanch tushunchalar: shaxs, ta’lim, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim va uning turlari,
1. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni xar tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muxim o’rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni xam qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o’zlashtirilishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko’ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil,tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilishi talab qilinmosda. O’zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim - talabaning fikrlash va xarakat strategiyasini inobatga olgan xolda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim xisoblanadi. Bu ta’lim o’qitish muxitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko’ra ta’lim muxiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim xamda tarbiya jarayonini to’laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o’ziga xos jixati ta’lim oluvchishaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchunqulay, zarur muxitni yaratishdan iborat Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik,
javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiyfikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat siladi. Bu turdagita’limni tashkil etishda pedagoglardan xar bir talaba imkon sadarindividual yondashishni, uning shaxsini xurmat qilishni, unga ishonchbildirish taqozo etiladi. qolaversa, shaxsga yo’naltirilgan ta’limo’qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog -talaba yoki talaba-talaba,talaba-talabalar guruxi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o’zaroxamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun sulaypedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi. Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlaridan
foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbutalablar quyidagilardan iborat;
talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
xar bir talaba uchun qulay ta’lim muxitini yaratishi;
talabalarning mustaqil yoki kichik guruxlarga erkin ishlashlari uchun
imkoniyat yaratish;
talabalarni o’z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati
samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo’l qo’yilgan xatolarning
oqibatlarini taxlil qilishga o’rgatish;
ta’lim jarayonida xech bir talabaga tazyiq o’tkazmaslik;
aloxida talabaning kamchiliklarini bo’rttirib ko’rsatmaslik;
bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o’zlashtira olmaslik, ta’lim
jarayonida o’zini odobsiz tutish xolati qayd etilsa, u xolda
qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;
aniqlangan sabablar asosida talabaning sha’ni, g’ururiga ziyon etkazmagan
xolda u tomonidan bilimlarni o’zlashtira olmaslik, o’zini odobsiz tutishi kabi
xolatlarni bartaraf etish;
ta’lim jarayonida xar bir talaba uchun “muvaffatsiyat muxiti”ni yarata
olish;
xar bir talabaga ta’lim olishda muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
talabaning qobiliyatini o’stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish; Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga
pedagog sifatida xar bir talabaning xurmati va ishonchini qozona olishi moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan xolda xar tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.
Bu turdagi ta’lim talabalarni o’z-o’zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o’zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to’la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonida o’quv materialini o’zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yo’nalishni, yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o’z fikrini ximoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko’nikma, malakalarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shaxsga yo'naltirilgan darsni tashkil etishning uslubiy asoslariShaxsga yo'naltirilgan dars, an'anaviy darsdan farqli o'laroq, birinchi navbatda o'qituvchi va talabaning o'zaro munosabati turini o'zgartiradi. Jamoa uslubidan kelib chiqqan holda, o'qituvchi natijalarni shunchaki talabaning jarayoniy faoliyati kabi emas, balki tahlilga qaratib, hamkorlikka kirishadi. Talabaning pozitsiyasi o'zgarib bormoqda - tirishqoqlikdan tortib, faol ijodkorlikka qadar uning tafakkuri o'zgaradi: aks ettiruvchi, ya'ni natijaga yo'naltirilgan. Darsda rivojlanayotgan munosabatlar tabiati ham o'zgarmoqda. Asosiysi, o'qituvchi nafaqat bilim beribgina qolmay, balki o'quvchilarning shaxsiyatini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratishi kerak. Jadvalda an'anaviy va shaxsga yo'naltirilgan dars o'rtasidagi asosiy farqlar ko'rsatilgan.