Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə90/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
Ushbu o’quv

Nazorat savollari:
1. Seminar mashg‘uloti talabalarni bilim olishida qanday o‘rin tutadi?
2. Seminar mashg‘uloti qanday funktsiyalarni bajaradi?
3. Nima sababdan olingan bilimni vaqti-vaqti bilan takrorlab turish lozim?
4. Sizningcha,seminar mashg‘ulotinin samarali tashkil etilishi uchun nimaga e’tibor qaratish zarur?
16- Ma’ruza
Mavzu;Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.
Reja;

  1. Amaliy mashg‘ulotlarlar va ularni tashkil etish.

  2. Amaliy mashg’ulot strukturasi

  3. Mashg’ulotga tayyorgarlik va olib borishda o’qituvchining maxorati.

Tayanch so’z va iboralar; amaliy mashg’ulot, amaliy darsga tayyorgarlik bosqichlari, tushuntirish, ko’rsatma berish, rivojlantirish,mustaxkamlash,baxolash.
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish. OTMda talabalarda mustaqillik va amaliy ko‘nikma-malakalarni rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlar ham alohida ahamiyatga ega.

Amaliy mashg‘lot (lot. “praktikos” – faol, ishchan) – talabalarda o‘quv fanining alohida nazariy g‘oyalarini tahlil qilish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘uloti shakli


Bu turdagi o‘quv mashg‘ulotlari maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etiladi.


A maliy mashg‘ulotlarda bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:

1. O‘qituvchining tushuntirishi (topshiriq va faoliyat mohiyati o‘qituvchi tomonidan og‘zaki bayon etilib, talabalarning nazariy jihatdan anglashlari ta’minlanadi).
2. Ko‘rsatma berish (o‘qituvchi faoliyat mazmunini harakatlarni amalda namoyish qilish asosida talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, talabalarda yuzaga keladigan savollarga qisqacha javoblar qaytariladi).
3. Tajribani tashkil etish (bunda ikki-uch nafar talaba amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan talabalar esa ularning faoliyatini kuzatadi).

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin