Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


II. Kursninig davomiyligiga ko’ra



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə84/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
Ushbu o’quv

II. Kursninig davomiyligiga ko’ra:
1. Kirish ma’ruzasi – o‘quv predmetining fanlar tizimidagi o‘rni, OTMda o‘rganiladigan boshqa fanlar bilan aloqasi, o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish, kurs mazmunida ochib beriladigan asosiy ilmiy muammolar, muhim masalalar, kursning maqsadi, ob’yekti, predmeti va vazifalarini bayon etish, fanning metodologik asoslari, metodlari, manbalari, o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy ahamiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
2. Asosiy ma’ruza o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mavzular asosida tashkil etilib, ularda o‘quv fanining tarixiy taraqqiyotining hozirgi yutug‘i, sohada isbotlangan nazariyalar, asosiy tushunchalar, qonuniyat va qonunlar, muammoli masalalar, nuqtai nazarlar, fanning nazariy va amaliy ahamiyati izchil bayon qilinadi.
3. Yakuniy ma’ruza, odatda, o‘quv predmeti bo‘yicha o‘quv jadvalida belgilangan muddat yakunida yakuniy davlat attestatsiyasi oldidan tashkil etiladi. Unda o‘quv predmeti bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan davr ichida fan sohasida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, kashfiyotlar bayon etiladi, shuningdek, soha bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar, o‘quv nashrlari yuzasidan axborot beriladi.
4. Obzor ma’ruza o‘quv predmeti bo‘yicha barcha turdagi mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng, odatda, davlat attestatsiyasi (davlat imtihoni) oldidan tashkil etilib, talabalar ishtirokida fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni yana bir takrorlash, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etiladi. Bu shakldagi ma’ruzalar ko‘p holatlarda professorlar tomonidan o‘qiladi. Ma’ruza jarayonida imkon qadar o‘quv dasturida berilgan barcha mavzular bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar beriladi. Ma’ruza yakunida fan asoslari bo‘yicha savol-javoblar tashkil
etiladi.
III. Tashkiliy shakliga ko’ra:
1. Yo‘naltiruvchi ma’ruza – shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish va ushbu predmet mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha ma’ruzachi bilan talabalarning birgalikdagi (shaxsiy, guruhiy yoki jamoaviy) faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan ma’ruza.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin