1.Kirish. Dars oldingi mavzu bilan boglanadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruza mavzusi, rejasi va maqsadi bayon qilinadi; mustaqil o’qish uchun zarur asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati, ma’ruza masalalarini yanada chuqur o‘rganishga doir adabiyotlar ro‘yxati tavsiya qilinadi. Kirish qisqa va aniq bo‘lishi lozim.
2.Ma’ruza bayoni. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko’ra tanlangan dars o’tish metodlarini qo’llagan holda o’tkaziladi. Talabalarga mo’ljallangan axborotlar yetkaziladi. Bu bosqichda o’qituvchi quyidagi jihatlarga e’tibor berilishi lozim
ma’ruzaning g‘oyaviy nazariy jihatlari:
ma’ruzada O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar hamda atoqli davlat arboblari asarlaridan sitatalar keltirilishi;
mavzuning asosiy tushunchalarini o‘quv dasturiga mos ravishda ochib berilishi;
ma’ruza matnining ilmiyligi;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari mavzularda aks ettirilganligi;
ma’ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi masalalarning berilishi;
ma’ruza matnlarida milliy mustaqillik, Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat kabi bunyodkorlik g‘oyalarini aks etishi;
nazariyani amaliyot bilan bogiiqligi;
o‘rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o‘rning belgilanishi;
ma’ruzaning metodik jihatlari:
ma’ruzaning mantiqiyligi va isbot talab qilmasligi;
materialni savodli va mazmunli bo‘lishi;
talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari;
- tarbiyaviy yo‘nalishga ega ekanligi
Ma’ruza bayonida bir-biriga bog‘liq masalalarni qo‘yish, maqsadga muvofiq metodik usullarni qo‘llash asosida dalillar tizimini keltirish; har bir nazariy fikr asoslanishi lozim; har bir dalil va izohlar maqsadga erishishga yo‘naltirilishi, asosiy g‘oya, mazmun va ilmiy xulosalar yoritilishi kerak; odatda har bir ma’ruzada ikkitadan to‘rttagacha masala hal qilinadi; ba’zan har bir masala o‘z ichiga bir nechta kichik masalalarni ham oladi.
3.Yakun. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar, hodisalar ta’kidlanadi. Qo’yilgan maqsadga qay darajada erishilganlik tahlil qilib, baholanadi.
Ma’ruzaning yakuniy qismi, xulosasida quyidagilar ko’rsatilishi shart:
mavzu yuzasidan asosiy xulosalar;
ma’ruzadagi asosiy tayanch tushunchalar;
talabalarda bilishga va o'rganishga qiziqish uyg’otuvchi hamda o'zlashtiruvchilarni nazorat qilish imkonini bemvchi savollar turkumini keltirilishi
Dostları ilə paylaş: |