Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


-Ma’ruza Mavzu;Ma’ruza turlari va ularga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə78/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
Ushbu o’quv

14-Ma’ruza
Mavzu;Ma’ruza turlari va ularga qo’yiladigan talablar.
Reja;
1. Ma’ruzaning o‘quv jarayonidagi o’rni va mohiyati
2. Ma’ruzaning xususiyatlari
3. Ma’ruzaning tipologiyasi va turlari
4. Ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
5. Ma’ruzada aniq dalillar, ma’lumotlarga tayanishning ahamiyati
6. Zamonaviy ma’ruzada qo‘llaniladigan vositalar
Tayanch tushunchalar: ma’ruza, ma’ruzaning funksiyalari, kirish ma’ruzasi, mavzu bo’yicha ma’ruza, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi ma’ruza, ma’ruzada keltiriladigan aniq dalillar, an’anaviy ma’ruza, muammoli ma’ruza, jadallashgan ma’ruza, ma’ruza matni.
I. Ma’ruzaning o‘quv jarayonidagi o’rni va mohiyati. OTMda ma’ruza dastlab ta’limning ma’ruza-seminar tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu tizim va uning negizida ma’ruza mashg‘ulotlari Yevropada o‘rta asrlarda dastlabki universitetlar paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda asoslangan. Biroq, tarixiy manbalarda qayd etilishicha, ma’ruza dastlab qadimgi Gretsiyada yuzaga kelgan bo‘lib, keyinchalik o‘rta asrlarda qadimgi Rimda rivojlandi. Mazkur fikrning isboti sifatida qadimgi yunon va rimlik notiqlarning nutqlari keltirish mumkin. Ular, odatda, nutq uchun ma’lum muammo (masala)ni tanlashgan va omma orasida uning yechimini topishga qaratilgan fikrlarni izchil, ishonchli va aniq dalillarga tayangan holda bayon etishga urinishgan. Notiqlarning bu kabi nutqlari soatlab davom etgan. Vaqti-vaqti bilan notiqlarning nutqi savollar bilan bo‘linib turgan. Qadimgi Gretsiya va Rim notiqlarining nutqlari o‘z xarakteri nuqtai nazardan zamonaviy ma’ruza mashg‘ulotida o‘qituvchi tomonidan o‘qiladigan ma’ruzaga mos keladi. Qolaversa, quyidagi fikrlar ham ma’ruza mashg‘ulotlarining qadimgi Gretsiya va Rimda shakllanganligini tasdiqlaydi5:
Tarixiy manbalarda Markaziy Osiyoda, xususan, Ma’mun akademiyasidagi ilmiy munozaralar, Mirzo Ulug‘bek madrasalarida tashkil etilgan o‘qitish jarayonida ham ma’ruzalarning tashkil etilganligi ko‘rsatiladi.
Ta’limning ma’ruza-seminar tizimi negizini tashkil etuvchi ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, maslahat va ixtisoslik bo‘yicha amaliyot bugungi kunga qadar o‘qishning asosiy shakllari sanaladi.
Pedagogik nuqtai nazardan “ma’ruza” tushunchasiga ikki xil yondashiladi. Ya’ni:


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin