Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: fanning ilg'or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish,darsni o'quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimalnisbatlarini ta'minlash;
o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishi uchun zarur sharoitlami yaratish;
o'quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog'liqliklarni o'rnatish;
ilgari o'rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o'quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
o'quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, ko'nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Nazorat savollari: 1. Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.
2. “Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering.
3. Ta’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?
4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo’yiladi?
6. O’quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan foydalanib mutaxassislik fani bo’yicha dars rejasi va konspektini ishlab chiqing.
7. Har bir darsda o’quvchilar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish va baholash kerakmi? Agarda zarur deb hisoblasangiz mumkin bo’lgan metodik variantlarini ko’rsatib bering.
Adabiyotlar;
1. Djamilova H. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi.T. 2017.
2.Zufarov Sh. Pedagogik innovatika.- T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2012.
3.Abuzalova M, Toirova G. Malakaviy bitiruv ishi yozish uchun metodik ko’rsatma va tavsiyalar – T.:”fan “ nashriyoti, 2007, -28-b
4.Xodjayev B.X.O’quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish yo’llari,-T.: TDPU, 2008.-65-bet