Ta’limning tashkiliy shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy qurilishi
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi
O‘quv muassasalarida foydalaniladigan ta’lim shakllari o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi. Ya’ni:
individual;
sinf-darsli;
ma’ruza-seminarli.
Zamonaviy sharoitda ta’limning individual shakli-har bir o‘quvchining alohida mustaqil ishlashini nazarda tutadi; unga ko‘ra o‘quvchilar boshqa o‘quvchilar bilan bevosita aloqaga kirishmaydilar. Individual ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq, talaba o‘zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq pedagog tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi.
Ta’limning individual-guruhli shakli pedagog tomonidan mashg‘ulotlarning bir nafar talaba bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo‘lgan turli yoshdagi ta’lim oluvchilar guruhi bilan olib borilishini ifodalaydi. Pedagog navbat bilan har bir talabadan o‘tilgan materialni so‘raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o‘z ishlari bilan shug‘ullanadilar. O‘qishni bunday tashkil etishda ta’lim oluvchilar mashg‘ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo‘lgan.
Ta’limning guruhli shakliga - ko‘ra pedagog bir vaqtning o‘zida guruh talabalarining bilish faoliyatlarini boshqaradi. Unga ko‘ra talabalar 3-6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin.
Ta’limning jamoaviy shakli ko’p hollarda tabaqalashtirilgan guruhlar faoliyatini tashkil etishda qo‘llaniladi. O‘quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli pedagog va talabalarning dinamik yoki o‘zgaruvchan tartiblijuftliklarida kechayotgan munosabatlaridir.
Ta’limning guruhli shakllari quyidagi turlarga ajratiladi
Ta’limning umumlashtirilgan guruhli shakli har biri guruh tomonidan yagona topshiriqning faqat bir qismi bajarilishini nazarda tutadi.
Ta’limning tabaqalashtirilgan guruhli shakli o‘quv imkoniyatlari, ko‘nikmalari yetarli darajada shakllangan talabalar bilan ishlashni ifodalaydi. Bunda talabalar juft bo‘lib ishlashlari ham mumkin.
O‘qitishning ommaviy shakli turg‘un talabalar guruhi bilan o‘quv faoliyatini tashkil etishni, sinfdagi jami talabalarning pedagog rahbarligi ostida birgalikda muayyan harakatlarni bajarishlarini nazarda tutadi.
XV asrda ommaviy (jamoaviy) o‘qitishni tashkil etish g‘oyasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan ilgari surilgan. Mutafakkir o‘zining madrasalarida individual mashg‘ulotlar tizimini bekor qilgan va jamoaviy, ya’ni sinf-dars tizimiga yaqin bo‘lgan shaklni joriy qilgan.
Dostları ilə paylaş: |