1-keys bayoni. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi asoslariga ko‘ra huquqiy layoqatni cheklashga qaratilgan kelishuv (bitim)lar qonun bilan belgilangan hollar va tartibda tuzilmagan bo‘lsa haqiqiy hisoblanmaydi. Bu kabi cheklash faqatgina sudning hukmi bilan muayyan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Keys savoli: 1. Qaysi hollarda sud hukmiga ko‘ra fuqarolarning huquqiy layoqatini cheklash mumkin?
2. Fuqaroning huquqiy layoqatini umrbod cheklash mumkinmi?
Foydalanish uchun manbalar: 1. O’zbekistonRespublikasiningFuqarolikKodeksi //ttps://nrm.uz/ contentf?doc//=9123_fuqarolik_kodeksi_(1-5_boblar_1-80-moddalar)&//products= 1_zakonodatelstvo_respubliki_uzbekistan.
2. Davlatvahuquqasoslari / Darslik. – T.: O’qituvchi, 1995. – 680 b.
Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar. 1. Keys mazmunini diqqat bilan o‘rganing. 2.“Fuqarolik huquqi”, “huquqiy layoqat”, “muomala layoqati” tushunchalariga oid bilimlarni yodga oling. 3. Tavsiya etilgan manbalar asosida bilimingizni mustahkamlang. 4. Keys yechimini shakllantiring. 5. Yechimni mazmuni, mantiqiy ifodasiga ko‘ra tahlil qiling. 6. Yakuniy qaror (echim)ni bayon qiling.
O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi. 1. Fuqarolarning huquqiy layoqatini sud hukmiga ko‘ra quyidagi hollarda cheklash mumkin: 1) fuqaro ozodlikdan mahkum etilib, uning erkinligini cheklash, hibsga olish to‘g‘risidagi hukm chiqarilganda; 2) fuqaro muayyan lavozimni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilganda. 2. Fuqaroning huquqiy layoqatini umrbod cheklash mumkin emas. Bu kabi cheklash muayyan muddatgagina belgilanadi.
2-keys bayoni.Ta’lim muassasalari o‘quv ishlari dars jadvallari asosida tartibga solinadi. Dars jadvallari o‘quvchi, talabalarning faoliyatini samarali boshqarish, muayyan tartibga bo‘ysunishni kafolatlabgina qolmay, fan o‘qituvchilari faoliyatining ham samarali, izchil tashkil etilishini ta’minlaydi. Har bir ta’lim muassasasida dars jadvallari mas’ul shaxslar (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari) tomonidan shakllantiriladi. Aksariyat ta’lim muassasalarida dars jadvaliga ko‘ra o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilarning faoliyati tartibli, samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. Biroq, ayrim ta’lim muassasalarida dars jadvallarini shakllantirishga mas’uliyatli yondashilmaydi, buning natijasida o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilarning faoliyatida tartibsizlik yuzaga keladi, asabbuzarliklar, nizolar kelib chiqadi.