Nazorat uchun savollar:
“Texnologiya” va “innovatsiya” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi?
Ta’lim innovatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim innovatsiyalari necha turga bo’linadi?
Pedagogning innovatsion faoliyat deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish necha bosqichda kechadi?
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning qanday turlari mavjud?
Hamkorlik ta’limi texnologiyalari qanday didaktik imkoniyatlarga ega?
Interfaol ta’lim usullarini taxlil qiling, taqqoslang, boshqa metodlardan farqi va o’xshash tomonlarini ajrating.
Adabiyotlar;
1. Djamilova H. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi.T. 2017.
2.Zufarov Sh. Pedagogik innovatika.- T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2012.
3.Abuzalova M, Toirova G. Malakaviy bitiruv ishi yozish uchun metodik ko’rsatma va tavsiyalar – T.:”fan “ nashriyoti, 2007, -28-b
4.Xodjayev B.X.O’quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish yo’llari,-T.: TDPU, 2008.-65-bet
12- mavzu;
Keys-stadi metodi
Rejasi;
1. Keys-stadi metodi haqida tushuncha.
2. Keys – stadi metodining o’ziga xos hususiyatlari
“Keys –stadi” – talimning zamonaviy metodi.
Keys metodi- talabalarda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U talabalarni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi.
“Keys –stadi” metodning asosiy elementlari: ta’lim, boshqarish, muammoni hal qilish, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish, ilmiy tahlil, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ta’limiy aloqaning shakl, metod, vositalari, o‘quv natijalaridan iboart.
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda bo‘lgani kabi barcha sohalar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash xususan, ta’lim jarayonida ham keyslardan keng foydalanilmoqda. Biroq, shu o‘rinda aytib o‘tish zarur, o‘qitish jarayonida foydalanilayotgan keyslarning aksariyati psixologik, ijtimoiy xarakterdagi keyslar sanaladi. Ularda shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy hodisa va voqealiklar tahlil etilmoqda. Bu kabi keyslarning ta’limiy ahamiyatini inkor etmagan holda asosiy e’tiborni o‘quv keyslarini shakllantirish va ulardan foydalanishga qaratish muhimligini aytib o‘tishni ma’qul topdik.
O‘quv keyslari talabalar tomonidan o‘quv materiali (mavzu)ni chuqur o‘zlashtirish, mavjud bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikma-malakalarini shakllantirishga yordam beradigan keyslardir. Bu kabi keyslarning xarakterli jihati ular talabalarning mavzu, o‘quv materialini o‘zlashtirganlik, mavjud bilimlardan amalda foydalana olish ko‘nikma, malakalariga egaliklarini darajasini aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo‘llanilayotgan keyslar o‘quv, ijodiy va ilmiy xarakterdagi keyslardir. An’anaviy ta’limda garchi “keys” tushunchasi qo‘llanilamagan bo‘lsa-da, ammo uning mazmuni, xarakteriga mos keluvchi o‘quv topshiriqlari bajrib kelingan. Jumladan, kurs ishi, bakalavrlik malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari ilmiy xarakterdagi keyslar sanaladi. Chunki bu kabi keyslar texnologik nuqtai nazardan muammo (mavzu)ni aniqlash, uning yechimini topish yuzasidan axborotlarni izlash, to‘plangan axborotlarni saralash, qayta ishlash, bir necha variantda yechimni shakllantirish, ularni tahlil etish asosida eng samaralisini aniqlash, yechimni taqdimot asosida bayon qilish, yechim bo‘yicha muhokamani tashkil etish kabi izchil harakatlarning tashkil etilishiga asoslanadi. Respublika uzluksiz ta’limi amaliyotida o‘quv va ijodiy keyslar hali u qadar keng ommalashmagan. Balki shu sabablidir, keys metodining ta’lim jarayonida qo‘llanilishiga nisbatan turlicha yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda. OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi amaliyoti natijalariga tayanib aytish mumkinki, o‘quv keyslarining maqsadli, oqilona va to‘g‘ri shakllantirilishi talabalarda muammo mohiyatini chuqur anglash, uning yechimini topish yo‘lida tizimli, izchil harakatlarni tashkil etish, mustaqil, erkin, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, o‘zgalarning fikrini tinglash, ularni tahlil qilish, samarali yechimni topish, kasbiy bilimlardan amaliyotda o‘rinli foydalanish kabi qobiliyatni shakllantiradiki, bu har tomonlama yetuk shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yordam beradi.
Keys-stadi metodini qo‘llashda quyidagi holatlar nazarda tutiladi: 1) keys topshirig‘ini yozma shaklda tayyorlash; 2) talabalar tomonidan keys topshirig‘ini mustaqil o‘rganilishi va muhokama etilishini ta’minlash; 3) pedagog boshchiligida keysning auditoriyada o‘zaro hamkorlikda muhokama qilinishiga erishish; 4) keys yechimini topish jarayonida “echimdan ham muhimi – bu muhokama” tamoyiliga rioya etish.
Metod talabalarda predmetga bo‘lgan qiziqish, ko‘nikma, vaziyatni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish kabi didaktik imkoniyatlarga ega.
Keys-stadining o‘zida muayyan jihatlarni aks ettiradi. Ya’ni:
1. Izlanuvchanlik faoliyatining mavjudligi.
2. Jamoaviy va guruhli o‘qitish.
3. Individual, guruhli va jamoaviy faoliyat integratsiyasining qaror toptirilishi.
4. Turli o‘quv loyihalarini ishlab chiqish.
5. Talabalar o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va muvaffaqiyatga erishishlarini ta’minlash
Pedagogning faoliyatida keys-stadi quyidagi bosqichlarda qo‘llaniladi:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy (keysni amalda qo‘llash) bosqich(i);
3) tahliliy, baholovchi bosqich
Keys metodining tarkibiy tuzilmasi o‘quv keyslarini shakllantirishda ahamiyatli sanaladi. Xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan keyslarning aksariyati ilmiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli ular murakkab tarkib tuzilmaga ega. Ya’ni:
1. Pedagogik annotatsiya.
2. Kirish.
3. Keys (muammo)ning bayoni.
4. Keys topshirig‘i yoki savoli.
5. Foydalanish uchun manbalar.
6. Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar.
7. Keysni yechish jarayoni.
8. Keys yechimlarining taqdimoti.
9. Keys yechimlarining muhokamasi.
10. O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi
Agarda talabalarga ilmiy xarakterdagi keys topshiriqlari berilsa, yuqorida keltirilgan tarkibiy tuzilmadan foydalanish maqsadga muvofiq.
OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida mini keyslar shaklidagi o‘quv keyslarini shakllantirish tajribasi ham to‘plandi.
Bu turdagi o‘quv keyslarini quyidagi tarkibiy tuzilma bo‘yicha ham shakllantirish mumkin:
1. Keys (muammo)ning bayoni.
2. Keys topshirig‘i yoki savoli.
3. Foydalanish uchun manbalar.
4. Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar.
5. O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi
O‘quv keyslari o‘qituvchi tomonidan taqdim etilishiga ko‘ra savolli yoki topshiriqli bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan anglanadiki, keys bayoni yoritilgach, o‘qituvchi uning mazmunidan kelib chiqqan holda talabalarga yoki savol tashlashi, yoki topshriq berishi mumkin.
Ushbu tarkibiy tuzimaga ega o‘quv keyslarining mazmunini huquq fanlari bo‘yicha shakllantirilgan quyidagi ikkita keys misolida ochib berish maqsadga muvofiq deb topildi.
Dostları ilə paylaş: |